SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi
25.07.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi

Kecha, 24-iyul kuni Saudiya Arabistonlik Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi. Mehmonni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi. Tashrif madrasa tarixi bilan tanishish boshlandi. Bilim yurti mudiri  Abdulhakim qori Matqulov madrasa tarixi haqida: bino boʻlishidan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy bosqichlari haqida batafsil bayon qilib, hozirda bu yerda talabalar  taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida tashrif buyurgan mehmonga soʻzlab berdi.

Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi (1)
Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi (2)

Oʻz navbatida Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy  bilim yurti faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda bu yerda taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar va talabalarga taʼlim-tarbiya berishda qoʻllaniladigan oʻquv uslublarini yuqori baholadi.

Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi (3)
Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi (4)

Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy  yurtimiz tinchligi, dinimiz, millatimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilib oʻtgan barcha vatandoshlarimiz hamda hozirgi kunda ushbu yoʻlda say-harakat qilayotgan Yurtboshimiz, u kishi bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan barcha masʼullar, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa mutasaddilar hamda bilim yurti ustozlari va talabalari haqqilariga duo qildi. Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy kelajakda Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti bilan taʼlim soxasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Saudiya Arabistonlik olim Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurdi (5)

Tashrif yakunida bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov tashrif buyurgan mehmonga esdalik sovgʻa topshirdi. Tashrif buyurgan mehmon bilim yurti mudiriga oʻz ziyorati asnosida unga qilingan samimiy hamda iliq qabuli uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

Набиййимиз қандай зотлар ва У зотнинг шафоатлари кимлар учун?
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга итоатнинг буюк мукофоти
“Қуръони карим ва тажвид” бўйича пуллик ўқув курсининг навбатдаги босқич машғулотлари якунланди
“Қуръони карим ва тажвид” бўйича пуллик ўқув курсининг навбатдаги босқич машғулотлари якунланди
Умра-2023 Муборак Рамазондаги мавсумини ташкил этишда “Кўкалдош” таълим муассасаси жамоаси муносиб ҳисса қўшмоқда
Умра-2023 Муборак Рамазондаги мавсумини ташкил этишда “Кўкалдош” таълим муассасаси жамоаси муносиб ҳисса қўшмоқда

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP