Madrasamiz ustoz va xodimlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilim yurti odatiga aylangan. Bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov tashabbuslari bilan bugun Toshkent viloyati, Toshkent tumani «Mirxalil ota» jome masjidi imom-xatibi Ulugʻbek domla Muhammadjonov homiyligida, madrasamizda xizmat qiluvchi barcha xodim va ustozlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.




Alloh taolo ushbu ehsonlarni mukofotlarini Oʻz fazli karami ila ziyoda qilib bersin.
A. GʻANIYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi





