Ana shunday yutuqlardan biri sifatida bilim yurti Taʼlim sifati nazorati inspeksiyasi bosh mutaxassisi S. Saidakramovning “THE ROLE OF REAL ESTATE LEASE AGREEMENTS IN THE DEVELOPMENT OF ISLAMIC LAW” (“Islom huquqi taraqqiyotida koʻchmas mulk ijara shartnomalarining oʻrni”) mavzusidagi ilmiy maqolasi AQSHda nashr etiladigan Modern American Journal of Linguistics, Education, and Pedagogy xalqaro ilmiy jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.


Mazkur maqolada islom huquqidagi ijara institutining shakllanishi va rivojlanishi, koʻchmas mulk ijara munosabatlarining sharʼiy-huquqiy asoslari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda zamonaviy islom moliyasi tizimidagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada ijara shartnomalarining mulkiy munosabatlarni tartibga solish, adolat va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdagi ahamiyati yoritilgan.
Ushbu ilmiy ish xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilib, xorijiy ilmiy jurnalda chop etilgani bilim yurti ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Maqola bilan tanishish uchun quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin. https://usajournals.org/index.php/6/article/view/1163/1249
«Koʻkaldosh» OʻMITM matbuot xizmati






