Taʼlim va tarbiya borasidagi maʼlumotlarni bir-biridan ayri holatda tasavvur qilish mumkun emas. Bu ikkkisi bir jassaddagi bel va qorin kabidir. Biri ikkinhchisiz hech narsaga yaramaydi balkiy noqis boʻladi. Shuning uchun ham dunyo miqyosida insoniyatning, xususan, yoshlarning tarbiyasi buzilib ketayotgani toʻgʻrisida tez-tez tashvishli xabarlar tarqatiladi va bu borada odamni daxshatga soladigan raqamlar taqdim qilinadi. Vaholanki, dunyo miqyosida oladigan boʻlsak, XX-XXI asrlarda avvalgi asrlardagiga nisbatan savodsizlikka qarshi keskinroq choralar koʻrildi, taʼlim tizimi kuchaytirilib takomillashtirildi. Umumiy taʼlim kirib bormagan yurt deyarli qolmadi. Xattoki baʼzi mamlakatlar aholisi ilm-fan boʻyicha inson koʻzi koʻrmagan, qulogʻi eshitmagan yutuq va taraqqiyotlarni qoʻlga kiritdi. Lekin asosiy koʻzlangan maqsadga erishilayotgani yoʻq. Shuning uchun ham ilm-fan rivojlangan mamlakatlarda tarbiyasizlik, axloqsizlik, maʼnaviyatsizlik oriyatsizlik, madaniyatsizlik va hattoki inson zotiga mutlaqo toʻgri kelmayidigan illatlar kundan – kunga keng koʻlamda yoyilib boryapti. Albatta, buning sabablari koʻp. Shulardan biri va eng asosiysi “ Tarbiya” degan buyuk bir neʼmatdan, masʼuliyatdan va vazifalardan yuz oʻgirilishidir.
Voqealikdan kelib chiqib ayta olamizki, faqat taʼlimning oʻzi insoniyatni har taraflama yetuk va komil boʻlishga kifoya qilmaydi. Yaʼni inson tarbiyasiz boʻlsa, oʻzi ega boʻlgan taʼlimdan ezgu yoʻlda emas, balki yovuzlik va jinoyat yoʻlida foydalanishi mumkin. Shuning uchun bizning shariatimizda hech qaysi fan tarbiyadan ayri holda oʻrgatilmagan. Misol uchun, tafsir, aqodi, hadis, fiqh, mantiq, balogʻat , tarix, hattoki, arab tili darsligi ham doimiy holda oyat va hadislardar kelgan tarbiyaviy maʼlumotlar bilan boyitilgan. Ijtimoiy va aniq fanlar uchun moʻljallangan darsliklar ham, albatta, tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan dalillar va xujjatlar bilan quvvatlangan. Masalan, matematika, fizika, kimyo, geografiya, biologiya, zoologiya va hokazo. Barcha fanlarlardagi maʼlumotlar, albatta shariat manbalari boʻlmish Qurʼoni Karim va hadisga bogʻlash va ulardan dalillar olish va buyuk allomalarning hayotlaridan tarbiyaga oid misollarni keltirish bilan quvvatlangan. Qalb barcha maʼlumotlar, xususan, ilm-maʼrifat, axloq-odob, taʼlim va tarbiyaning makonidir. Shuning uchun ham qalbni turli illatlardan tozalamasdan turib, goʻzal fazilatlarga erishib boʻlmaydi.
Islom dini insonlar hayotiga kirib kelgan kunda boshlab ularni goʻzal xulq sohibi boʻlishga chaqirib kelmoqda. Alloh taolo namoz, zakot, roʻza, haj kabi ibodatlarni ham insonlarni tarbiya qilish uchun, har bir inson 2 dunyo saodatiga erishishi uchun farz qilgan. Ana shu farzlarni ixlos bilan ado qilish- eng goʻzal xulqdir. Bu baxtga goʻzal xulqi bor insongina erishadi. Xulqi yomon odam bunday baxtdan mahrum boʻladi, chunki yomon xulqli kimsa Allohning amriga itoat qilmaydi. Bunday odam darhol Allohga tavba qilishi, magʻfirat soʻrashi kerak boʻladi aks holda Alloh taoloning gʻazabiga, azobiga yoʻliqadi.
Islom dini ato etgan goʻzal axloq tufayli Rosululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni yomonliklar botqogʻidan qutqarib oldilar. Kechagina gunolarni oshkora qilib yurgan, bir-biriga zulm qilgan, yolgʻon gapirgan, bir-birini oʻldirib yurgan xalq iymon nuri ila bir-biriga mehr ulashadigan, oʻzaro muhabbatli, goʻzal axloqli ummatga aylandi. Shu bois Alloh taolo ham, paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham bizni goʻzal xulqli boʻlishga undamoqda. Agar biz goʻzal xulqli boʻlsak, Alloh taolo bizni yaxshi koʻradi, atrofimizdagi odamlar ham yaxshilanib borib, bora-bora yer yuzidagi eng yaxshi jamiyatga aylanadi. Ana shunda barcha insonlar bir-birlarining haqlariga rioya qiladilar. Yoshligidan tarbiyasiz oʻsgan kishilardan yaxshilik kutish – yerdan turib yulduzlarga qoʻl uzatmoq kabidir. Axloqimizning goʻzal va chiroyli boʻlishiga tarbiyaning zoʻr taʼsiri bordir. Kishi yaxshi tarbiya olish, goʻzal xulqlarga odatlansa, u baxtiyor inson boʻlib voyaga yetadi. Qayerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakatm va millat ham shuncha kuchli va muazzam boʻladi. Oila aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sogʻlom muhitni yaratadi. Zero, sogʻlom tarbiya oila aʼzolari oʻrtasida yakdillik, maqsadlar birligini yuzaga keltiradi. «Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga ishlatiladigan ism», deganlar. Odobning taʼrifida quyidagiga oʻxshash gaplar ham kelgan: «Maqtovga sazovor soʻz va amalni isteʼmol qilish odobdir», «Karamli axloqlarni ushlash odobdir», «Oʻzingdan kattani ulugʻlab, oʻzingdan kichikka mehr koʻrsatishing odobdir». Bu va shunga oʻxshash taʼriflar toʻplanganda islomda koʻzlangan «odob» ning taʼrifi yuzaga keladi. Hozirgi kunda gʻarb madaniyati taʼsirida «odob»ni madaniyat deyish ham joriy boʻlgan. Misol uchun, «ovqatlanish odobi» deyish oʻrniga «ovqatlanish madaniyati» deyiladi. Odob masalasini insoniyat tarixida toʻlaqonli ravishda islom boshlagan, desak, mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Islomda kishining hayotidagi harbir narsaning oʻz odobi bor. «Dunyodagi odobga bagʻishlangan asarlarning asosiylari va koʻpchiligi Islom xalqlari vakillari tomonidan yozilgan. Muhaddislarimiz odobga bagʻishlangan alohida kitoblar ham taʼlif qilganlar. Bunga misol qilib, buyuk vatandoshimiz, moʼminlarning hadis boʻyicha amiri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahmatullohi alayhining «al-Adabul Mufrad» kitoblarini keltirish mumkin. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi shoh asarlari «Al-Jome’ us-Sahih»da «Kitobul adab»ga oʻrin berganlariga qaramay, bu masalani oʻta ahamiyatli bilganlaridan alohida kitob qilishga oʻtganlar. U kishi «al-Adabul Mufrad» kitobida turli odoblarga oid 1322ta hadisi sharifni 644ta bobda keltirganlar. Musulmon adiblar ham bu masala boʻyicha koʻplab asarlar bitganlar. Ularning ichida eng mashhurlaridan biri imom Muvardiyning «Adabud-dunyo vad-din» kitobidir. Shayx Ali Mansur Nosif «at-Toj al-Jome’ fil usul» kitoblaridagi «Kitobul adab»da oʻzlarining avvalgi kitob va boblarida kelmagan hadisi shariflarni keltirishga harakat qilganlar. Misol uchun, imom Buxoriy «Al-Jomeʼus Sahih»laridagi «Kitobul adab»ni yaxshilik va silai rahm xaqidagi hadisi shariflar bilan boshlaganlar. Shayx Ali Mansur Nosif esa avvalda bu nom bilan alohida bir kitob ochib, uni «Kitobul-birri val-axloq» deb ataganlar.
Maʼlumki, dunyo xalqlari doimo ilm bilan yuksalib, mehnat bilan taraqqiy etib kelgan. Lekin ularni chin maʼnoda barhayot etadigan yagona omil goʻzal xulqlar ekani ham ayni haqiqatdir. Shoir Ahmad Shavqiy oʻz sheʼrlaridan birida shunday deydi:
Goʻzal axloqlar ila boqiydir millat,
Nomlari oʻchgaydir, avj olsa illat.
Peshqadam xalqlar axloq va mehnat bilan yuksalgan boʻlsa, qoloq xalqlarjohillik, dangasalik tufayli egilib-bukiladi, razil va besharm ishlari sababli tanazzulga yuz tutadi. Yosh avlodning har tomonlama sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi –nafaqat ota-ona, qolaversa, jamiyatning ham orzusi hisoblanadi. Yoshligidanoq muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, aqliy va jismoniy mehnatni oʻrganib, oʻzlashtirib borish hamda har tong toza havoda sayr qilishni kundalik faoliyatga aylantirib olgan yoshlarning maqsadlari ham jamiyat maqsadi bilan mushtaraklik hosil qiladi. Natijada bunday inson jismoniy kuch-quvvatga toʻladi, ichki olami goʻzallashadi, boshqalar bilan munosabati namunali boʻladi. Mehnatsevar boʻlib, tafakkur darajasi yuksalib boraveradi. Mustaqil fikrlashi charxlanadi, teranlashadi, takomillashadi. Bunday fazilatlarga ega boʻlgan yoshlar sekin-asta ruhiy tetiklik, maʼnaviy yetuklik maqomini qoʻlga kiritib boradi. Oʻz Vatani shaʼni uchun uning masʼuliyati ham oshadi.
Qudratullayev Nurulloh 4 kurs talabasi






