SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyatlari
24.02.2020 / Bo‘limda Maqolalar

Oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyatlari

Bugungi kundagi turli zararli taʼsirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos boʻlgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi boʻlib qolishimizda qadimiy anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash oʻta muhim ahamiyat kasb etadi.

Yer yuzidagi har bir millat faqat uning oʻziga xos boʻlgan anʼana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi boʻlgan bunday qadriyat va anʼanalar bir-ikki kunda paydo boʻlib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni koʻrsatadiki, biror-bir narsaning anʼanaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan oʻtadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy anʼana va qadriyat deb atash mumkin boʻladi.

Millat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bogʻliq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, maʼnaviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bogʻliq holda namoyon boʻladi.

Oʻzbek xalqining asrlardan asrlarga oʻtib kelayotgan milliy qadriyat­lari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, oʻzi tugʻilib oʻsgan ona yurtiga ehtirom, oʻz taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, oʻtgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat koʻrsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida eʼtibor berish singari koʻplab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.

Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq koʻchmanchilikdan oʻtroq hayot kechirishga oʻtgan, shunday hayot tarziga oʻrgangan. Odamlar oʻzi oʻrnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday oʻtroq hayot tarzi odamlarni jamoa boʻlib, bir-biriga yelkadosh boʻlib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini oʻzaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xoʻjaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Termiz va Qoʻqon singari oʻnlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan oʻlchanishi ham bejiz emas.

Demoqchimizki, xalqimiz oʻzi tugʻilib oʻsgan yer-zaminga qattiq bogʻlangan, uni eʼzozlashni bolaligidan oʻrganib, his qilib oʻsadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning oʻz yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bogʻliq milliy anʼana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat koʻrsatish, mehmondoʻstlik, yordamga muhtojlarga shafqatli boʻlish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari anʼana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan oʻtgan oʻlmas maʼnaviy merosimiz sanaladi.
Jaloliddin Axmedov
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

What you can read next

“Рамазон - Мўминнинг амаллари мавсуми” туркумидан: Қадр кечаси  ҳақидаги оятлар баёни
“Рамазон – Мўминнинг амаллари мавсуми” туркумидан: Қадр кечаси  ҳақидаги оятлар баёни
Zahar
Oʻgʻri
Абу ал-Муъийн ан-Насафий – илм денгизидир!
Абу ал-Муъийн ан-Насафий – илм денгизидир!

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP