“Shayx, Imom Abu Mansur* rohimahulloh dedilar: «Agar bizdan savol beruvchi Alloh taolo haqida «U nima?» deb soʻrasa»
Biz: Agar siz savoliz bilan «Uning ismi nima?», ekanini iroda qilsangiz, Alloh Rahmon va Rahiymdir.
Agar siz savoliz bilan «Uning sifati nima?» ekanini iroda qilsangiz, U eshitguvchi va koʻrib turguvchidir.
Agar siz savoliz bilan «Uning feʼliy sifati nima?» ekanini iroda qilsangiz, U zot mavjudotlarni yaratdi va hamma narsani oʻz oʻrniga qoʻydi.
Agar siz savoliz bilan «Uning mohiyati nedur?» deb iroda qilsangiz, U misollardan va Unda jins boʻlishidan Oliy zotdir (yaʼni mohiyati yoʻqdir balki Alloh taolo Haqdir. Uning mohiyati sobit qilinmaydi, haqiqati bor, deb aytiladi.)”.
Imom Taftazoniyning «Maqosid» asari
- Abu Mansur al-Moturidiy; Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy (870-yil Samarqand – 944-yil Samarqand)
Islom olamida katta nufuzga ega boʻlgan imom, faqih, kalom ilmining moturidiylik aqidaviy mazhabi asoschisi
Rustam Oxunjonov, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom biliim yurti Matbuot kotibi






