Alloma Abul Hasanot Abdulhay Laknaviy “Jomeʼus sogʻir” ning “Nofeʼul kabir” sharhida quyidagi gaplarni aytadilar:
“Avom xalq orasida (ayniqsa zamonaviy soxta salafiylar orasida) hanafiylar oʻliklar uchun eshitish yoʻq degan gap mashhur boʻlib ketgan. Haq gap shuki hanafiy olimlar ushbu gapdan pokdirlar, negaki Ibnul Humom va undan boshqa olimlar bu masalani tahqiq qilib, quyidagi gaplarni aytishgan: “Qanday qilib bizning mutaqaddim asʼhoblarimiz oʻliklar tiriklarning eshitishiga dalolat qilivchi hujjatlar va sahobalarni ushbu masalaga ijmolari turganida buni inkor qilishsa?””
Oisha roziyallohu anho avvalda ushbu masalani inkor qilgan boʻlsalarda, keyinchalik oʻzlarining birodarlari Abdurrohmanning qabrlarini ziyorat qilib u zot bilan gaplashganlar, bu rivoyat “Jomeʼut termiziy” va boshqa sahihlarda rivoyat qilingan. Shundan bilinadiki, Oisha roziyallohu anho oʻliklar tiriklarni eshitadi degan gapga qaytganlar.
Sogʻlom aql ham oʻliklar eshitishini maʼqullaydi, chunki eshituvchi va idrok qiluvchi (fahmlovchi) ruh boʻlib, u oʻlim bilan yoʻq boʻlib ketmaydi, tananing yoʻq boʻlib ketishi esa bu narsaga taʼsiri yoʻq.
Qayd qilib shuni aytamanki, ushbu masalaning haqiqati uni inkorchilariga garchi ularning tirik boʻlgan zamonlarida inkorlari davomiy boʻlishiga qaramasdan ular vafot etganidan soʻng zohir boʻlib boʻlgan, ularga hayotlik davomida ular bu borada xato qilayotganliklariga tanbeh berilgan boʻlsa ham ularga bu tanbeh foyda bermagan.
“Tazkirotur roshid bi roddi tabsiroti naqid” nomli kitoblarida (466 – 467 betlari) Imom Laknaviy aytadilar: “Ular qanday qilib oʻliklarning eshitishini, his qilishini, nutq va idrok-shuurlarini inkor qilib, ularni idrok qilishdan mutlaqo xoliy boʻlgan jamodotlarga oʻxshatishadi, vaholanki oʻsha dalillardan biri lafziy mutavotir darajasi bilan ayni mutavotir boʻlmasa ham bu masalaga oid dalillarning jamlanmasi maʼnaviy mutavotir darajasiga yetgan.”
Rustam OXUNJONOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMITM matbuot kotibi





