“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Qurʼoni karim va tajvid” fanidan II – kurs talabaridan 4 nafari “Tuhfatul atfol matni”ni “Fathul aqfaal bisharhi tuhfatul atfal” sharhi bilan toʻliq oʻqib tugatishdi.
Mazkur talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tadbir tashkil qilinib, unda Koʻkaldosh OʻMIBY mudiri Maʼmurjon domla Erkayev, Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir domla Jalolov, “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” boshligʻi Abduvosi domla Gʻaniyev hamda oʻqituvchi va talabalar qatnashishdi.







Tadbir davomida bilim yurti mudiri barcha ishtirokchilarni “Xatmul kutub” munosabati bilan muborakbod etib, moʼtabar kitoblarni xatm qilib oʻqishning fazilati va bu yoʻlda ustozlarning saʼy-harakatlari uchun Alloh taoloning ajru-savoblari beqiyos ekani, “Xatmul kutub” anʼanasini bilim yurtida davom ettirilishi zarurligini taʼkidladilar.
Yakunda xatmul kutub qilgan talabalar va ularga yaqindan yordam bergan amaliyotchilar faxriy yorliqlar va kitoblar bilan taqdirlandilar. Soʻngra, taʼlim muassasasi talabalari haqqiga va ularga taʼlim berayotgan mudarrislar hamda bu yoʻlda xizmat qilayotgan barcha xodimlar haqqiga bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev duoyi-xayrlar qildilar
A. Gʻaniyev
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi






