Barchamizga maʼlumki davlat, millat, din atamalari birjoyga yigʻilgan koʻp nuqtalarda aynan shu atamani birigi mansub toifa tomonidan qolgan ikki atamaga mansub sinflarga nisbatan keskin yondashuv boshlanadi Yoki boʻlmasam , dindor dinda oʻta gʻuluga ketgan, yaʼni oʻta darajada chuqurlashib ketganda siyosatga nisbatan norozilik kayfiyati unda moʼtadil dindordan koʻra ancha yuqori boʻladi. Yoki oddiy siyosatdan ham xoli dindor safigayam qoʻshilmaydigan toifa . Har uchala toifada ham moʼtadil, tinchliksevarlar mavjud boʻladi bu borada muommo yoʻq! Ammo siyosatga, dinga juda ham berilib ketgan shaxslar va millatda har ikkisiga ham kirmaydigan toifani ichida befarqlar toifasi ham bor . Mana shu ikkita toifa bir-biriga boʻlgan nafrati , noroziligi tufayli oʻrtaga boshqa bir atama radikalizm vujudga keladi. Radikalizm oʻzi nima?
Radikalizm bu- muayyan bir shaxs yoki muayyan bir guruhning mavjud ijtimoiy, siyosiy yoki madaniy muhitga nisbtan keskin norozilik va uni tubdan oʻzgartirishga boʻlgan istagidan iborat jaroyindir. Radikalizm diniy sohodan boʻlishiyam mumkin siyosiy sohada boʻlishayam mumkin .
Bizni mintaqamizda davlat dindan ajratilgandir lekin bu ajralish dinning siyosatga taʼsiri yoʻqligidan iborat. Har qaysi zamon boʻlsin jamoat , millat , xalq bor ekan ularni diniy qarashi mavjud boʻladi va bu qarash xoh xudo bir deb, xoh koʻp deb, xoh yoq deb eʼtiqod qilsa ham baribir insonda diniy eʼtiqodi boʻladi . Bundan kelib chiqadiki har bir davlat diniy boʻlmasada albatta din bilan murosa qilishga majburligini keltirib chiqaradi. Dinlararo munosabatga kelsak bizning yurtimiz Oʻzbekiston koʻp millatli va dinli davlatlar sirasiga kiradi. Yurtimiz hududida 130 dan ortiq millat va elatlar isteʼqomat qilib kelishmoqda va diniy konfessiyalar soni esa 16 ta tashkil qilmoqda . Bunday koʻp millatli davlat aholisi esa oʻzaro hamjihat va bir-birini eʼtiqodini hurmat qilib yashamogʻini sharoitni oʻzi taqozo qilib turibdi. Agar davlat ularning orasidagi hamjihatlikni saqlamasa davlat parokandaligi avj oladi . Avvalo, aholining aksariyati qaysi dinga eʼtiqod qilsa va oʻz dinlarida chuqur ketib, mutassiblashib ketsalar , oʻzlaridan boshqa dinga mansub aholiga nisbatan tazyiqni kuchaytirishadi . Qolaversa, bir dinning oʻzida turli xil yoʻnalish va mazhablar koʻpayib ketadi . Bunday holat esa radikalizm , diniy muammolar qolaversa, siyosiy birdamlik yoʻqolishi, boshqa davlatlarni boshqa davlatni ichki ishlariga ochiqdan-ochiq aralashuviga yoʻl ochadi . Oqibatda moʼtadil boʻlgan toifalar jabr chekishadi. Radikalizmni oldini olishdagi eng samarali yechim yoshlarni diniy eʼtiqodini toʻgʻri shakllanishiga eʼtiborni qaratish. Buzgʻunchi gʻoyalarni oʻziga shior qilib olgan narsalarini amalga oshirishda asosiy quroli din, asosiy lashkari esa hali dinini yaxshi tanimaydigan yosh avloddir. Chunki, har bir inson fitratan dinga moyil boʻladi. Dinga boʻlgan ehtiyojini esa turli xil oqimlar orqali toʻydirib, ularni saflarini kengaytirib qoʻyishi bor gap. Radikalizmga qarshi kurashning yana bir samarali usuli oilalardagi muhitni soflashtirishdan iborat. Chunki oilaviy tarafdan ruhan tazyiqqa uchragan yosh avlod agressiv ruhdan kamol topadi va shunday ruhdagi guruhlarga mayl koʻrsatadi.
Xulosa qilib shuni aytamizki, radikalizm insoniyatning zavoliga xizmat qiladi. Shunday ekan birgalikda, hamjihatlikda Yangi Oʻzbekiston sari qadam tashlaylik!
Abdurasulov Eldorbek
Koʻkaldosh OʻMIBY 3-kurs talabasi






