Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, PhD M.Erkayev bilim yurti talabalaridan muborak Ramazon oyida masjidlarda xatmi Qurʼon oʻtkazib beradigan qorilar bilan suhbat olib bordi.


Suhbat davomida qorilik, jamoatga imom boʻlish masʼuliyati haqida, shu bilan birga bilim yurtidagi barcha darslarga oʻz vaqtida kelish lozimligi aytib oʻtildi. Darslarga ishtirok etish, taroveh namozida qatnashish va imom boʻlib, xatm qilib berish amallarining hukmlari eslatib oʻtildi hamda shunga koʻra ish koʻrish lozimligi taʼkidlandi.


Shuningdek talabalarning xonadonlarda, ibodat uchun belgilanmagan joylarda jamoaviy ibodat qilish, ularga imomlik qilib berish borasida ogohlantirishlar berildi. Bilim yurti qori talabalari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining shaharga yaqin tumanlaridagi jami 25 ta masjidda 30 ga yaqin talabalar xatmi Qurʼon tadbirlarida ishtirok etishi moʻljallangan.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY oʻquv-uslubiy boʻlimi





