SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Ayolning eridagi huquqlari : Mahr masalasi
15.05.2025 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Ayolning eridagi huquqlari : Mahr masalasi

Ayolning erida islomda koʻplab huquqlari bor, eng muhimi quyidagilar:

Birinchidan: Mahr

Bu – erkak tomonidan nikoh vaqtida yoki undan oldin ayoliga beriladigan mol (pul yoki qimmatbaho narsa). Ayolning roziligi bilan uni nikohdan keyin toʻlash ham mumkin, toʻliq yoki qisman.

Mahr nikohning asosiy shartlaridan biri sanalmaydi, yaʼni u aytilmasa ham nikoh toʻgʻri boʻladi. Bunday holatda, ayol oʻz jamiyatidagi tengi ayollarga beriladigan mahr miqdoriga haqli boʻladi. Qurʼoni karim va hadisi shariflarda mahrning borligi bayon etilgan. Alloh taolo shunday deydi:

“Ayollarga mahrlarini chin dildan hadya qiling. Agar ular oʻz xohishlari bilan undan bir qismini sizga bersa, uni mamnuniyat bilan yeyaveringlar[1]”

(Niso:4oyat)

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Avfda zaʼfaron rangi qolganini koʻrib, dedilar: “Nima boʻldi?” U aytdi: “Ey Allohning Rasuli, uylangandim”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soʻradilar: “Unga nima berding?” U dedi: “Bir danak ogʻirligida oltin”. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh baraka bersin. Hatto bitta qoʻy bilan boʻlsa ham valima qil!”[2]

       Nikoh shartnomasida mahrni zikr qilish mustahab sanaladi, chunki Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam qizlarini uzatganlarida va oʻzlari uylanganlarida har safar mahrni tilga olganlar. Uni nikohda zikr qilish esa kelajakda kelib chiqadigan tortishuv va nizolarni oldini oladi.

       Mahrning shariatda joriy qilinishi bir necha hikmatlarga ega. U erkakning ayoliga boʻlgan hurmat va qadrlashining moddiy belgisi boʻlib, Alloh taolo uni Qurʼonda “nihla” — yaʼni tuhfa va sovgʻa deb atagan, bu esa oʻzaro mehr-muhabbat ifodasidir. Mahr, shuningdek, er-xotin oʻrtasidagi ruhiy bogʻliqlikni mustahkamlovchi moddiy rishtadir. U ayolga toʻy marosimi, ota uyidan er uyi tomon koʻchishi jarayonida kerak boʻladigan narsalarni tayyorlashda yordam beradi. Shubhasiz, bu bosqichda ayolga yangi kiyimlar, taqinchoqlar, ziynat buyumlari, atirlar va baʼzi jihozlar hamda mebel kerak boʻladi.

Islomda mahrning maʼlum bir miqdori belgilanmagan. Ilm ahli ittifoqiga koʻra, uning eng koʻp miqdoriga ham hech qanday chegara yoʻq, hanafiy fiqh ulamolari uning eng kam miqdori oʻn dirhamga(hozirgi kunda bir yarim million va ikki million atrofida) teng deb belgilashgan. Shuningdek, ayollar xususiyat, fazilat, malaka va qobiliyat jihatidan har xil boʻlganlari sababli, ularning mahrlari ham turlicha va farqli boʻlishi tabiiydir. Xalifaligi davrida Umar ibn Xattob roziyallohu anhu mahrning eng yuqori miqdorini cheklamoqchi boʻlganida, bir ayol unga eʼtiroz bildirib, Alloh taoloning quyidagi soʻzlarini dalil keltirdi: ‘Agar bir ayolni boshqa bir ayol bilan almashtirmoqchi boʻlsangiz va ulardan biriga koʻp miqdorda (hatto) qintor (yaʼni bir necha qop toʻla oltin) bergan boʻlsangiz ham, undan biror narsani qaytarib olmang. Nega endi sizlar uni tuhmat qilib va ochiq gunoh qilib olmoqchisizlar?’ (Niso surasi, 20-oyat). Shunda Umar roziyallohu anhu oʻz fikridan qaytdilar.

Ammo mahrni yengil qilish mustahab sanaladi va uni haddan oshirib belgilash makruhdir, chunki bu holatda mahr nikohga toʻsiq boʻlib qolishi mumkin. Bugungi kunda koʻplab islomiy jamiyatlarda aynan shunday holat kuzatilmoqda. Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ayolning barakasi – uning oson soʻralishi, mahrining oson boʻlishidir”[3]

Shuningdek, yana Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  aytdilar: “Ayollar orasida eng koʻp barakali boʻlganlari – xarajatda eng yengil boʻlganlaridir.”[4]

Abu Salama ibn Abdurrahmon aytadilar: Men Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning xotini Oishadan: “Rasulullohning mahrlari qancha edi?” deb soʻradim. U aytdi: “U zot oʻz xotinlariga oʻn ikki uqiya va nash miqdorida mahr berganlar.” U yana dedi: “Nash nima ekanini bilasanmi?” Men dedim: ‘Yoʻq.’ U aytdi: “Bu yarim uqiya.” Demak, jami besh yuz dirham boʻladi. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oʻz ayollariga bergan mahrlari edi.[5]

       Umar roziyallohu anhu ayollarga mahrni haddan oshirib belgilashni man qilardilar va shunday der edilar: “Ayollarning mahrlarini koʻpaytirmanglar. Agar bu (koʻp mahr) dunyoda bir sharaf yoki Alloh huzurida taqvo mezoni boʻlganida edi, buni qilishga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hammangizdan loyiqroq boʻlardilar. Ammo erkak kishi ayoliga haddan tashqari koʻp mahr belgilasa, oxir-oqibat uning qalbida unga nisbatan adovat paydo boʻladi.”[6]

Yuqori mahrlar – turmush qurmoqchi boʻlgan yoshlarga duch keladigan eng katta toʻsiqlardan biridir. Koʻplab yigitlar faqat mahrni taʼminlashga qurbi yetmagani sababli uylanishdan voz kechmoqda yoki bu haqida oʻylamayapti. Haqiqatni aytish kerakki, bu – katta ijtimoiy muammolardan biri boʻlib, u katta fasod va yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Bu muammoning ildizi va boshlanishi esa – qalblarimizni qamrab olgan riyo, manmanlik va koʻr-koʻrona shon-shuhratga havasdir. Bundan tashqari, jamiyatlarimizga ildiz otgan koʻr-koʻrona taqlid qilish illati bizni haqiqatni koʻrishdan koʻr qilib qoʻydi, quloqlarimizni esa haqiqatni eshitishdan toʻsib qoʻydi.

Yuqori mahrlar nimani anglatadi? U – koʻplab yigit va qizlarning nikohini kechiktirish, ularni buzgʻunchilik va axloqsizlik yoʻliga undash demakdir. Bu shuningdek, faqat boylar va hashamat ichida yashovchilargina uylanish imkoniga ega boʻlishi, chunki faqat ular bunga xarajat qila oladi, deganidir. Natijada jamiyatdagi aksariyat yigit-qizlar nikoh neʼmatidan mahrum boʻladi. Bu moddiy qadriyatlarni ustun qoʻyish, nikohda muhim boʻlgan boshqa maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarni eʼtibordan chetda qoldirishdir — holbuki, avvalroq gap ketganidek, bu qadriyatlar turmush oʻrtoq tanlashda asosiy mezon boʻlishi kerak.

Uylanishni istagan, ammo yuqori mahrlar sababli bunga qurbi yetmaydigan yigit qalbida chuqur alam va iztirob his qiladi. Bu ogʻriqdan qutulish yoʻlini esa koʻpincha zino, mast qiluvchi ichimliklar va giyohvandlikda koʻradi. Baʼzida bu holat uni hatto oʻz joniga qasd qilishga olib kelishi, yoki kuchli ruhiy tushkunlik va asabiy buzilishlarga olib borishi mumkin, bu esa uni eng xavfli jismoniy yoki ruhiy kasalliklarning domiga tashlaydi. Shuni unutmangki, haromga olib boradigan narsa ham haromdir. Ayollariga haddan tashqari mahr belgilab qoʻyadigan otalar va vasiylar esa Alloh taoloning quyidagi soʻzini eslab qoʻysinlar:

Moʼminlar orasida fahsh (yomonlik) keng yoyilishini istaydiganlarga dunyo va oxiratda alamli azob bor. Alloh biladi, sizlar esa bilmaysizlar.’ (Nur surasi, 19-oyat).[7]

       Qiziga haddan tashqari yuqori mahr belgilaydigan kishi baʼzida shuni bahona qiladi: “Men qizimning huquqini shu orqali himoya qilaman va erining uni taloq qilishiga toʻsqinlik qilaman.” Mahr – erning taloq bermasligiga kafolat emas. Taloqning oldini oluvchi yagona kafolat – bu er-xotin oʻrtasida oʻzaro tushunish, muhabbat va mehr-muruvvatning mavjud boʻlishidir. Yuqori mahr esa baʼzida ana shu muhabbat va mehr-muruvvatning paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Umar roziyallohu anhuning soʻzlarida ham bunga ishora qilinganini avval koʻrib oʻtdik. Axir, qanday qilib er xotinini chin dildan sevadi, agar u uni katta mablagʻ evaziga sotib olgandek his qilsa? U oʻylaydi: “Agar bu pulim boʻlmaganida, bu ayolga uylanolmagan boʻlardim.” Shuni unutmaslik kerakki, muhabbat va mehr-muruvvat qattiq va sovuq moddiy qadriyatlar hukmron boʻlgan muhitda yashay olmaydi.

Yuqori mahrlar bilan bogʻliq muammolardan qutulishning yagona yoʻli – ummatimizning solih salaflari amal qilgan yoʻlga qaytish, yaʼni mahrlarni kamaytirish va nikohni osonlashtirishdir. Agar baribir yuqori miqdorda mahr belgilash zarur boʻlsa, uni toʻlashni kechiktirish yoki bir qismini keyinga qoldirish mumkin. Bu esa kuyov tomoniga yengillik yaratadi va yoshlarda uylanishga boʻlgan ragʻbatni oshiradi.

Baʼzi islomiy jamiyatlarda mavjud boʻlgan mahrning bir qismini kechiktirib toʻlash odati — yaxshi va maʼqul bir anʼanadir. Bu odatga koʻra, kuyov nomzod (xatib) va kelin vakili mahr miqdorida kelishadilar. Ular, shuningdek, kuyovning hozirda bera oladigan qismi — “muʼajjal” (yaʼni darhol toʻlanadigan qism) va keyinga qoldiriladigan qismi — “muajjal” (yaʼni kechiktirilgan qism) haqida ham kelishib oladilar. Bu qoldirilgan qism talab qilinganda, yoki taloq yoki vafot holatlarida toʻlanadi, bu haqida avval ham soʻz yuritgan edik. Bu tafsilotlarning barchasi nikoh shartnomasida aniq yoziladi va rasmiy hujjatga kiritiladi. Bu yoʻl bilan ayolning mahrdagi haqqi saqlanadi va shu bilan birga kuyovga yengillik yaratilib, u faqat toʻlay oladigan qismini beradi. Mahrning kechiktirilgan qismi esa nikohning mustahkam boʻlishiga xizmat qiladi hamda ayol uchun kelajakdagi ogʻir kunlarda foydali boʻladigan moddiy tayanch boʻlib qoladi.

   Mahr – faqat ayolning shaxsiy haqqidir va u undan xohlaganicha foydalanishga haqlidir. Uning vakili (valisi) yoki boshqa biror qarindoshi bu mahrdan biror narsa olishga haqli emas, faqat ayol rozi boʻlsa va chin dildan ruxsat bersagina mumkin. Baʼzi otalar, vasiylar yoki qarindoshlarning mahrni toʻliq yoki bir qismini olishlari — agar ayol bunga rozilik bermagan boʻlsa — shariat boʻyicha mutlaqo joiz emas. Alloh taolo shunday deydi: “Agar ular (ayollar) mahrlarining bir qismini sizlarga ixtiyoriy tarzda bersalar, unda uni xushnudlik bilan yeyaveringlar.” (Niso surasi, 4-oyat).»


[1] Shayx Abdulaziz Mansur. «Qurʼoni Karim maʼno-larining tarjima va tafsiri». Toshkent. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2012 y.

[2] Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy «Sahihul Buxoriy». Bayrut. Dorul kutubil ilmiyya. 1992 y.

[3] Ahmad ibn Hajar al-Asqaloniy. «Fathul Bariysharhu Sahihil Buxoriy». Dorul Rayyani lit-turos, Qohira, 1986, 1-bosma

[4] Ahmad ibn Hanbal «Musnadi Imom Ahmad ibn Hanbal». Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut. 1978 y.

[5] Muslim ibn al-Hajjoj al-Qurayshiy «Sahihul Muslim». Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut, Livan.

[6] Sulaymon ibn al-Ashhas as-Sijistoniy al-Azdiy «Sunani Abu Dovud». Dorul Boz. Marva, Makka.

[7] Shayx Abdulaziz Mansur. «Qurʼoni Karim maʼno-larining tarjima va tafsiri». Toshkent. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2012 y.

Kamoliddin MIRZAYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

“Эй иймон келтирганлар! Сиз ҳам унга саловот айтинг ва салом юборинг”. (1-қисм)
“Эй иймон келтирганлар! Сиз ҳам унга саловот айтинг ва салом юборинг”. (1-қисм)
Пул топиш – меҳнат, сарфлаш санъат.
Пул топиш – меҳнат, сарфлаш санъат.
RASULULLOHGA MUHABBAT
Rasulullohga muhabbat

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP