SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
RASULULLOHGA MUHABBAT
30.06.2022 / Bo‘limda Maqolalar

Rasulullohga muhabbat

Allohga shukrki, bizlarni eng afzal din – Islom dinida qilib qoʻydi, bizlarga eng afzal kitob Qurʼoni karimni nozil qildi, bizlarni nabiylarning eng afzali Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan qildi. Albatta, har bir moʼmin-musulmon oʻzining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbatli ekanini taʼkidlaydi. Biroq, u bu muhabbat qanday muhabbat ekanini bilarmikin? Uning “muhabbat” deb atayotgan tuygʻusi haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlariga loyiq muhabbatmikin? Buni anglash uchun avvalo muhabbatning haqiqiy maʼnosini bilib olish zarur.

Shu oʻrinda bir misol keltirsak, Har gapida “Otam-onam ham sizga fido boʻlsin, ey Allohning Rasuli”, deya murojaat qiladigan Abu Bakr roziyallohu anhu oʻzining Nabiy sollallohu alayhi vasallamga boʻlgan sevgisi haqida quyidagilarni aytadi: “Hijrat yoʻlida edik. Juda ham chanqab ketgandim. Suv qoʻshilgan sutni olib kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatdim. U zotga: «Iching, ey Allohning Rasuli”, dedim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sutni ichar ekanlar, mening chanqogʻim bosildi». Muhabbatni qarang! Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan hijrat safarida borar ekanlar, aslida barobar yoʻl yurib, barobar chanqashgan. Ichimlik topilganda Abu Bakr roziyallohu anhu oʻzi har qancha tashna boʻlishiga qaramay, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tutibdi. Ajablanarlisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suvga qonishlari bilan hali bir qultum suyuqlik ichmagan Abu Bakr roziyallohu anhuning chanqoqlari bosilmoqda.

Rasululloh Sollallohu alayhi vasallamni qabul etmasdan musulmon boʻlmoq imkonsizdir. Tugal qabul etmoq lozimdirki, toʻgʻriligi aniq boʻlgan bitta hukmini, bitta hadisi sharifini bitta sunnati saniyasini ham oʻz aqli, oʻz kayfiyati tufayli rad etgan kimsa kofir boʻlgay, munkir qolgay, iymonsiz ketgay .

Kimga Alloh taolo Nabiy sallollohu alayhi vasallam muhabbatini ato qilgan boʻlsa, bu uning saodati ekanidan dalolat qiladi. Zero, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga muhabbat iymon komil boʻlishining shartlaridan biri hisoblanadi.

Bu muhabbat u zot sallollohu alayhi vasallam tiriklik paytlarida shaxslariga nisbatan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shaxslariga, ham dinlariga, ham sunnatlariga nisbatan boʻlishi kerak.

Darhaqiqat sahobai kiromlar Nabiy sallollohu alayhi vasallamga muhabbat qilishda haqiqiy peshqadam zotlar boʻlgan. Bizlar ham Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni sevishda aynan shu zotlardan (raziyallohu anhum) oʻrnak olsak arziydi. “Amrlariga boʻysunish, qaytariqlaridan qaytish va boshqa narsalar u yoqda tursin, tufurgan tufuklari yerga tushmas edi. Sahobalar qoʻllarini tutib, ilib olib, yuzlariga surtar edilar. Komil iymongga ega boʻlaman, iymon halovatini topaman degan odam Alloh taoloni va Paygʻambar sallollohu alayhi vasallamni hammadan koʻp sevmogʻi lozim. Zotan, busiz iymon komil boʻlishi ham mumkin emas.

Hubbun Nabiy – Nabiy sollallohu alayhi vasallamga boʻlgan muhabbat har bir moʼmin-musulmonning qalbida boʻlishi shart boʻlgan muhabbatdir. Chunki bu muhabbat iymon taqozosi, ruh ozuqasi, sof qalb istagi, Alloh azza va jallaga boʻlgan muhabbatning davomi va toʻldiruvchisidir. Usiz qalb huvillaydi, ruh toliqadi, nafs hatalak otadi, jism azoblanadi.

U (yaʼni hubbun Nabiy) bir javhardir-ki, baʼzilar uni Allohning fazli bilan mashaqqatsiz qoʻlga kiritishsa, baʼzilar unga yetishish yoʻlida harakat qiladilar, mashaqqat chekib, ter toʻkadilar.

Muhabbat sabablarining barchasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamda eng mukammal holatda topilgach, aql ham U zotning muhabbatlari boshqalarning muhabbatidan ziyodaroq boʻlishini taqozo etadi.

MUHIDDINOV NEʼMATULLOH BITIRUVCHI KURS TALABASI

What you can read next

“Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг аҳллари ва қариндошларига вафо ва садоқатлари”
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг  виқорлари ва мурувватлари (ШАМОИЛУЛ МУСТАФО)
БУЮК ТИЛШУНОС АЛЛОМА ИБН ҲОЖИБ
Буюк тилшунос аллома ибн Ҳожиб
“…Албатта Мен яқиндирман” (Бақара сурасининг 186-ояти тафсири) (Бешинчи қисм)
“…Албатта Мен яқиндирман” (Бақара сурасининг 186-ояти тафсири) (Бешинчи қисм)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP