SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qarashli “Nazarbek” talabalar turar joyida “Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
14.11.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qarashli “Nazarbek” talabalar turar joyida “Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbir boshida yotoqxona komendanti F. Gadoyev soʻzga chiqib, yotoqxonada yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tartib-intizom hamda talabalar zimmasiga yuklatilgan masʼuliyat haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Shundan soʻng Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimining katta inspektori A. Toshboyev talabalarga keng qamrovli maʼruza oʻqib berdi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qarashli “Nazarbek” talabalar turar joyida “Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. (1)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qarashli “Nazarbek” talabalar turar joyida “Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. (2)

Maʼruza davomida u yongʻin xavfini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillar va ularni oldini olish choralarini tushuntirdi, elektr jihozlaridan toʻgʻri va xavfsiz foydalanish qoidalariga alohida toʻxtaldi, yotoqxona va boshqa yopiq binolarda ochiq olovdan foydalanish qatʼiyan man etilishi sabablarini izohladi. Shuningdek, yongʻin sodir boʻlgan holatda binodan xavfsiz va tartibli ravishda evakuatsiya qilish bosqichlarini tushuntirib berdi. Inspektor oʻt oʻchirgichlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha amaliy koʻrsatmalarni ham berib, ularning har biri qanday holatlarda qoʻllanishi, ishga tushirish tartibi va xavfsizlik choralarini batafsil yoritdi. U, shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganida masʼullarga va atrofdagilarga tezkor xabar berish tartibi, bu jarayonda talabalarning oʻzaro hamjihatligi va hushyorligi naqadar muhim ekanini taʼkidladi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qarashli “Nazarbek” talabalar turar joyida “Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. (3)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qarashli “Nazarbek” talabalar turar joyida “Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. (4)

Amaliy mashgʻulot davomida inspektor talabalar bilan birgalikda oʻt oʻchirgichdan foydalanishning amaliy bosqichlarini koʻrsatib berdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilimlarini mustahkamladilar.

Tadbir yakunida barcha talabalarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarurligi yana bir bor taʼkidlandi.

Saidakramov Saidazimxon
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

Муфтий ҳазратнинг халқаро форумдаги чиқишлари
Муфтий ҳазратнинг халқаро форумдаги чиқишлари
“Агар устоз рози – Тангри розидур”
Абу Бакр Муҳаммад ибн Аҳмад Шоший
Зуҳд ва зоҳидлик
Зуҳд ва зоҳидлик (Давоми)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP