Islom – ezgulik va tinchlik dinidir. Islom insoniyat baxtli boʻlishiga xizmat qiladi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun targʻibot, tushuntirish, dalilni asoslash yoʻllariga tayanadi. Dinimizda majburlash va boʻysundirish yoʻq. Islom dini insoniyatni tinchlikka, omonlikka, bagʻrikenglikka, doʻstlik va hamjihatlikka, bunyodkorlikka, ilm-maʼrifatga daʼvat etadi. Shuning uchun ham yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar oʻz asarlarida insoniyatni ezgulikka, yaxshi amallarga chorlovchi misralarni bayon etgan va bunga umri davomida amal qilib yashagan.Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish boʻy koʻrsatadi. Mamlakat taraqqiyoti, farovonligi, yurt ahlining osoyishtaligi ortadi.
Bu maqsadga yetishish uchun haqiqiy ezgulik va tinchlik dini boʻlmish Islom dinini insonlarga toʻgʻri yetkaza olinishi kerak, uning asl mohiyati insonparvarlikni ochib berilishi kerak. Aks holda baʼzi jamoalar notoʻgʻri islomni yoʻyishgani kabi, xalq nazdida ular koʻrsatgani kabi taʼsurot qoldiradi. Islom dini haqiqiy adolat va ezgulik dinidir. Lekin musulmon bunga toʻliq amal qilmasdan,boshqalarda islom adolatga va tinchlikga qarshi din ekan degan fikr uygʻotadi. Vaholanki islomda tinchlik, adolat va ezgulik nihoyatda yuqori qadriyat hisoblanadi. Alloh Taolo Qurʼonda {Alloh adolatga va ehson(ezgulik)ga, qarindoshlarga yahshilik qilishga amr etadi va fahshu munkar hamda zulmkorlikdan qaytaradi} shunday buyuradi. Bu oyatni buyuk mafassir sahoba Abdulloh ibn Masʼud “Qurʼondagi eng jamlovchi oyat shu oyatdir. Ergashiladigan yahshilikni ham, chetlanishi lozim boʻlgan yomonlikni ham jamlab zikr qilgan” deydilar. Alloh buyurgan adolat – islomiy mutloq adolatdir. Bu adolatga koʻra, har bir shaxs, jamoat va har birqavmga odilona muomilada boʻlinadi. Hamma uchun oʻlchov bir. “Ehson” soʻzining maʼnosi yahshilik qilish, ezgulik degan maʼnoni bildiradi. “Fahsh” soʻzi haddidan oshish degan maʼnoni bildiradi. “Zulmkorlik” esa, haqqa tajovuz qilish adolatni buzishdir. Darhaqiqat bular eslashga arzigulik vaʼz-nasihatdir.
Afsuski hozirga davrda islomni niqob qilib, oʻzlarinig turli xil siyosiy va shaxsiy maʼnfaarlari yoʻlida uni yomon otliqga chiqarib qoʻyishdi. Omma xalq ham buni koʻrib islomni notoʻgʻri tushunishni boshladi. Buni toʻgʻirlash, xalqga, dunyoga islom tinchlik va ezgulik dini ekanligi bildirish uchun yaqinda yurtimizda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Bu tashabbusni, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 19-sentyabrda boʻlib oʻtgan Birlashga Millarlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidaning 78-sessiyasida soʻzlagan nutqida buyuk olimlarning boy merosini oʻrganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida bildirgan edilar.
Davlatimiz rahbarining ushbu ezgu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Mazkur xalqaro konferensiyada Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar qatnashayotgani buning yorqin ifodasi. Konferensiyada bugungi taxdikali va murakkab davrda tinchlikparvar islom dinining bagʻrikenglikka yoʻgʻrilgan taʼlimotini oʻrganish, oʻzaro tajriba almashish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash masalalari batafsil muhokama qilinadi. Shuningdek, anjuman Oʻzbekistonning bagʻrikenglik va hamjihatlikka asoslangan namunaviy siyosatini jahonga tanitish yoʻli hamdir. Bu tashabbuslari bilan Prezidentimiz har bir musulmon zimmasidagi vazifasi bajardilar. Har bir musulmon islomga toʻliq amal qilib inonlarga haqiqiy islomni koʻrsatib berishi kerak va lozimdir.
Islom dini ayrim yovuz maqsadli kimsalar zoʻr berib aytayotganidek, jaholat tarqatadigan din emas, aksincha, oʻz mohiyatiga koʻra, haqiqat, ezgulik, adolat, xayrixohlik va bagʻrikenglik dini. Chin maʼnoda uning dunyoda yoyilishi insoniyatga adolat, xavfsizlik va osoyishtalikni inʼom qilib, uni jaholat, adolatsizlik, tartibsizlik va urushlar zulmatidan saqlaydi
Bugun dunyoda tinchligini va xotirjamligini yoʻqotgan mamlakat va u yurtlarda istiqomat qilayotgan insonlar hayotlari, taʼbir joiz boʻlsa, nurafshon nurni yoʻqotgan, zimiston ichida qolgan insonlarga oʻxshaydi. Bu voqeliklarni koʻrib, eshitib turgan insonlar ibrat olib, xulosalar chiqarib, oʻzlari uchun inʼom qilingan tinchlik va xotirjamlikni qadrlashlari, asrab-avaylashlari lozim. Shuning uchun ham biz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli gʻarazli xuruj va hamlalardan, fitna hamda boʻhtonlardan himoya qilishimiz, manfur kimsalarning makr va puch gʻoyalariga uchmasdan, aldanmasdan, yosh avlodni ham ulardan xabardor etib, islom madaniyatining ezgu gʻoyalarini keng targʻib qilishni dolzarb vazifa sifatida bilishimiz lozim.
Yusufaliyev Ziyovuddin, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi






