SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Islom dini tinchlik va totuvlikka chaqiradi
13.11.2024 / Bo‘limda Maqolalar

Islom dini tinchlik va totuvlikka chaqiradi

Islom dini insonlarni ezgulik, adolat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikka chaqiradi. “Islom” soʻzi arab tilida “tinchlik”, “osoyishtalik” va “boʻysunish” maʼnolarini anglatadi. Bu din asosida tinchlik va xalqlarning oʻzaro totuvlikda yashashi, mehr-muruvvat, bagʻrikenglik tamoyillari yotadi. Qurʼoni Karim va Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ning sunnatlari orqali bu diniy qadriyatlar yetkazilgan boʻlib, ular insonlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va tinch-totuvlikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.

Islom soʻzining maʼnolaridan biri – tinchlik. Islomda tinchlik inson qalbidan boshlanadi. Soʻng qalbdagi bu tinchlik oilaga koʻchadi. Islom oila tinchligi uchun zarur boʻlgan barcha choralarni ishga soladi. Oiladagi tinchlik qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshnilar orasiga koʻchadi. Soʻngra bu tinchlik jamiyatga oʻtadi. Davlat miqyosidagi tinch yashashga esa jamiyat tinch boʻlgandagina erishiladi. Nizom shunday. Tinchlik hukm surmoqdami, demak barcha narsa oʻz oʻrnida amalga oshiriladi. Barcha baxtli hayot kechiradi.

Shu nuqtai nazardan aytish joizki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 15-16 oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida oʻtkazilayotgan “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi nufuzli xalqaro konferensiya nafaqat yurtimizda balki dunyoda tinchlik va barqarorlikning ahamiyatini targʻib qilishda muhimdir.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2023 yil 19 sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida soʻzlagan nutqida buyuk olimlarning boy merosini oʻrganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024 yil Oʻzbekistonda “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazish tashabbusini ilgari surgan edi.

Davlatimiz rahbarining ushbu ezgu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Mazkur xalqaro konferensiyada Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar qatnashayotgani buning yorqin ifodasi

Konferensiyada bugungi taxdikali va murakkab davrda tinchlikparvar islom dinining bagʻrikenglikka yoʻgʻrilgan taʼlimotini oʻrganish, oʻzaro tajriba almashish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash masalalari batafsil muhokama qilinadi. Shuningdek, anjuman Oʻzbekistonning bagʻrikenglik va hamjihatlikka asoslangan namunaviy siyosatini jahonga tanitish yoʻli hamdir

Islom ezgulik va insonparvarlik dinidir. Qurʼoni Karimda insonlarga rahm-shafqat qilish, yaxshi muomalada boʻlish haqida koʻp bora taʼkidlanadi. Islomning asosiy maqsadlaridan biri – yaxshilik va adolatni targʻib qilishdir. Islomda zakot, sadaqa kabi amallar orqali yordamga muhtojlarga yordam berish va ijtimoiy tenglikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu nafaqat dindoshlar, balki barcha insonlarga nisbatan yaxshi muomalada boʻlishni anglatadi.

Islom dini tinchlik va totuvlikka chaqiradi. Muhammad (s.a.v) oʻz hayotlari davomida koʻplab nizolarni tinchlik yoʻli bilan hal etishga intilganlar va moʼminlarga ham shuni oʻrgatganlar. Qurʼoni Karimda: “Diniy masalalarda majburlash yoʻq”, – deb taʼkidlanadi. Bu – har bir inson oʻz dinini tanlashda erkin ekanini anglatadi va Islomning bagʻrikengligidan dalolat beradi. Shuningdek, Islom urushlarni qatʼiyan qoralab, faqatgina himoya maqsadida va zaruriyat boʻlgandagina jang qilish mumkinligini koʻrsatadi. Bu Islomning tinchlikparvarlik mohiyatini yana bir bor isbotlaydi.

Islom bagʻrikenglik va sabrni targʻib qiladi. Diniy bagʻrikenglik tamoyiliga koʻra, insonlar bir-birining diniy qarashlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishlari kerak. Bu tamoyil asrlar davomida musulmon dunyosida saqlanib kelgan va musulmonlar koʻp madaniyatli jamiyatlarda ham tinch-totuv yashashni oʻrgangan. Qurʼon oyatlarida turli millatlar va dinlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, hamkorlik qilish takror va takror aytiladi.

Islom dini insonlarni ezgu ishlar qilishga, oʻzgalarga yordam qoʻlini choʻzishga va tinch-totuv yashashga undaydi. Diniy bagʻrikenglik, adolat, mehr-oqibat va sabr kabi qadriyatlar Islomning negizini tashkil etadi. Shu bois Islom – tinchlik va ezgulik dini boʻlib, u insonlarni yanada yaxshilik qilishga, dunyoni tinchroq va yanada adolatli qilishga chorlaydi.

Egamberdiyev Zafar, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi

What you can read next

ҚАНДАЙ УХЛАШ КЕРАК?
Қандай ухлаш керак?
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Қалбнинг тириклиги илм ва ҳиммат биландир
Нега яхши нарсани паст нарсага алмашадилар?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP