SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar”
13.03.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar”

Taʼlim muassasasida haftaning har dushanba kuni “Axborot va murabbiylik soatlari” kurslari oʻtkazilishi rejasi tasdiqlangan. Bunda dolzarb mavzularda soha mutaxassislari taklif etilib davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkaziladi. Bu tadbirlar talabalarning intellektual salohiyati oshishi, ularning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan kamol topishida muhim oʻrin tutmoqda.

Bugun 13 mart kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida “Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” mavzusida navbatdagi  “Axborot va murabbiylik soati” boʻlib oʻtdi. Unga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Hikmatulloh domla Toshtemirov taklif qilindi.

“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (1)
“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (2)
“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (3)

Hikmatulloh domla Toshtemirov avvalambor taʼlim muassasasi rahbariyatini mazkur tadbirga taklif qilinganligiga oʻz minnatdorchiligini izhor qilib, taʼlim muassasada taʼlim olayotgan talabalarga ilm va uning ahllariga vaʼda qilingan dunyo va oxiratdagi darajalari haqida, ushbu yoʻlda tolibi ilm ega boʻlishi kerak boʻlgan bir qancha odoblarni hamda undan hazir boʻlishi kerak boʻlgan maʼnaviy jinoyatlar haqida batafsil bayon qilib berdi.

Hikmatulloh domla Toshtemirov talabalarga ilm hosil qilish davrida internet maydonida oʻzlarining turli xil fiqhiy va eʼtiqodga doir boʻlgan fatvolari bilan musulmonlarni orasiga bemazhablik, fitna va musulmonlarning qalblariga turli xil shubhalarni solayotgan soxta salafiylar namoyondalarining maruzalarini tinglamaslik, ularning tarafdorlari bilan ilmiy bahs qilmasliklari lozimligini taʼkidlab oʻtdilar.

“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (4)
“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (5)
“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (6)

Tolibi ilmga ilm hosil qilish uchun kamida 10 yil kerakligi, ushbu bosqichdan oʻtgandan keyin ham ilm olishda bardavom boʻlib taʼlim bergan ustozlar bilan mustahkam aloqa oʻrnatish ularning ilmiy majlislarida boʻlib doimo duolarini olish va oʻz navbatida ularning haqqiga ham duoda boʻlishni tavsiya qildilar.             Tadbir yakunida talabalar  tomonidan berilgan savollarga Hikmatulloh domla Toshtemirov batafsil javob berdilar.

“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (7)
“Bemazhablarning notoʻgʻri fatvolari, oʻzaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” (8)

Taʼlim muassasasi jamoasi nomidan tadbirga tashrif buyurgan mehmonga esdalik sovgʻalar topshirildi va ushbu tadbirga tashrif buyurganliklari uchun minnatdorchilik izhor qilindi. Oʻz navbatida Hikmatulloh domla Toshtemirov  talabalarga taʼlim berishliklarida bor ilmiy salohiyatlarini ishga solib  taʼlim muassasasida taʼlim berayotgan ustoz-murabbiylarga oʻz minnatdorchiligini izhor qilib, ularga xayrli duolar qildi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati

What you can read next

Oʻzbekiston prezidentining BMT bosh assambleyasidagi nutqi mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi
Oʻzbekiston prezidentining BMT bosh assambleyasidagi nutqi mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi
“Qishki taʼtil” oʻquv-seminarining navbatdagi mashgʻuloti tashkil etildi
“Qishki taʼtil” oʻquv-seminarining navbatdagi mashgʻuloti tashkil etildi
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз...” туркумидан
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз…” туркумидан 27- ҳадис

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP