Dunyoda tinchlik, ezgulik, adolat va mehr-muruvvat tamoyillarini targʻib qiluvchi din sifatida tanilgan. “Islom” soʻzi arabcha “salom” — tinchlik va xotirjamlik soʻzidan olingan boʻlib, bu dinning asosiy mohiyatini ochib beradi. Islom insonlarga faqat Allohga ibodat qilish, uning yoʻlida yaxshi amallar qilish va jamiyatda tinchlik oʻrnatish kerakligini uqtiradi.
Islomning Tinchlikka Qoʻshgan Hissasi Islomda tinchlikka katta eʼtibor qaratiladi. Qurʼoni karimda Alloh taolo musulmonlarga boshqalarga nisbatan bagʻrikenglik bilan muomala qilishni, adolatli boʻlishni va fitna-fasoddan uzoq turishni buyuradi. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) oʻz hayotlari davomida koʻplab muammolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga intilganlar va boshqa din vakillariga ham hurmat bilan yondashganlar.
Ezgulik va Saxovat
Islom dini insonlarni ezgu amallar qilishga daʼvat etadi. Yaxshi niyatda boʻlish, boshqalarga yordam berish, yetim-yesirlarga gʻamxoʻrlik qilish, kambagʻallarga sadaqa berish va zaminni obod qilish Islomning asosiy tamoyillaridan biridir. Alloh taolo Qurʼonda insonlarni bir-biriga yordam berish va ularga yaxshilik qilishga undaydi.
Paygʻambarimiz (s.a.v) ham oʻz hadislarida ezgulikning muhimligini taʼkidlaganlar. U zotning “Yaxshilikka dalolat qiluvchi ham oʻsha yaxshilikni qilgandek savob oladi” degan soʻzlari musulmonlarni doimo ezgulik yoʻlidan yurishga undaydi.
Bagʻrikenglik va Boshqa Dinlarga Hurmat
Islom dinida boshqa din vakillariga hurmat bilan qarash tamoyili mavjud. Islom tarixida musulmonlar boshqa din vakillari bilan tinch-totuv yashashgan, ularning diniy erkinliklariga rioya qilishgan. Islom dini har bir insonning eʼtiqod va din erkinligini hurmat qilishga chaqiradi. Qurʼoni karimda Alloh taolo “Dinda majburiyat yoʻq” degan oyat orqali hech kimni Islomga majbur qilish mumkin emasligini uqtiradi.
Islomning asosiy tamoyillari tinchlik va ezgulikdir. Bu din oʻziga ergashganlarni bir-biriga hurmat va muhabbat bilan muomala qilishga, faqatgina Alloh rizoligi uchun yashashga chaqiradi. Insoniyatning tinch va baxtli hayot kechirishi uchun Islomda belgilangan tamoyillarga amal qilish — adolat, mehr-muruvvat, sabr va bagʻrikenglik kabi xislatlarni rivojlantirish kerak.
Umarov Akbar, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi






