SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
11.09.2026 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Alloh taoloning adolati, fazli va qudrati (2-qism) Ezgu ishlar va gunohlarning yozilishi

Birinchi qismdagi hadis quyidagi narsalarni oʻzida qamrab oladi:

1. Ezgu ishlar qilish: Moʼmin banda qilgan har bir ezgu amal uchun oʻnta yaxshilik (savob) yoziladi. Buning sharti, u yaxshilikni faqat niyat va qasd darajasida qoldirmay, balki uni amal maydoniga olib chiqishi lozim. Bunga ushbu oyat dalil boʻladi:

مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا

“Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga oʻn barobar (koʻpaytirib yozilur).” (Anʼom surasi, 160-oyat).
Yaxshilikni oʻn barobardan ham ziyoda qilish esa, Alloh oʻzi xohlagan kishi uchun uni bir necha barobar koʻpaytirib berishi mumkin: Bu haqida oyatda shunday deyilgan:

مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِئَةُ حَبَّةٍ وَاللَّهُ يُضَاعِفُ لِمَنْ يَشَاءُ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ

“Alloh yoʻlida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli goʻyo bir donga oʻxshaydiki, u har bir boshogʻida yuztadan doni boʻlgan ettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada koʻpaytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir.” (Baqara surasi, 261-oyat).
Bu haqida hadisda shunday deyilgan:

عَنْ أَبِى مَسْعُودٍ الْاَنْصَارِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ بِنَاقَةٍ مَخْطُومَةٍ، فَقَالَ: هَذِهِ فِي سَبِيلِ اللهِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَكَ بِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ سَبْعُ مِائَةٍ نَاقَةٍ كُلُّهَا مَخْطَومَةٌ.

Abu Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdi: “Bir kishi jilovlangan tuyani olib kelib: “Bu Alloh yoʻlidadir”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni sen uchun buning evaziga hammasi jilovlangan yetti yuzta tuya bor”, dedilar.” Muslim rivoyat qilgan.[1]
Hasanotlarning (ezgu amallarning) oʻn barobardan ziyoda koʻpaytirilishi avvalo, Allohning xohish irodasi bilan boʻlib, shu bilan birga, insonning islomi goʻzalligiga, ixlosining mukammalligiga, amalining fazilatiga va uni oʻz oʻrnida bajarilishiga qarab boʻladi.

2. Gunoh ishlar qilish:
Banda sodir etgan har bir gunoh koʻpaytirilmasdan bittadan yoziladi. Bunga ushbu oyat dalil boʻladi:

وَمَنْ جَاءَ بِالسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

“Kimki (bir) yomon (gunoh ish) qilsa, faqat oʻsha (gunoh) miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay.” (Anʼom surasi, 160-oyat).
Lekin baʼzida vaqt, makon yoki bajaruvchining ulugʻ oʻrni sababli gunohning ogʻirligi ortadi:
A). Vaqtning ulugʻligi sababli:
Urush harom qilingan oylarda qilingan gunoh Allohning huzurida oʻsha oylarning ulugʻligi sababli ogʻirroqdir. Bu haqida Qurʼoni karimda shunday deyilgan:

إِنَّ عِدَّةَ الشُّهُورِ عِنْدَ اللَّهِ اثْنَا عَشَرَ شَهْرًا فِي كِتَابِ اللَّهِ يَوْمَ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ مِنْهَا أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ فَلَا تَظْلِمُوا فِيهِنَّ أَنْفُسَكُمْ

“Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi – Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq – oʻn ikki oydir. Ulardan toʻrttasi (urush) taqiqlangan oylardir. Ana shu toʻgʻri dindir. Bas, oʻsha (oy)larda (jang qilib) oʻzingizga zulm qilmangiz!” (Tavba surasi, 36-oyat).
Qatoda rahimahulloh ushbu oyat tafsirida shunday degan: “Bilingki, harom oylardagi zulm boshqa paytdagi zulmdan koʻra ogʻirroq va gunohi kattaroqdir. Garchi zulm har qanday holatda ham ogʻir boʻlsa-da, lekin Alloh Taolo Oʻzi xohlagan narsani ogʻirroq qiladi”.
B). Makonning ulugʻligi sababli:
Haramda (Makka haramida) qilingan gunoh makonning sharafi sababli ogʻirroq boʻladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan:

الْحَجُّ أَشْهُرٌ مَعْلُومَاتٌ فَمَنْ فَرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّAlloh taoloning adolati, fazli va qudrati (2-qism) Ezgu ishlar va gunohlarning yozilishi (1)

“Haj maʼlum oylardir. Kimki ularda oʻziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narslar, fisq va janjal yoʻqdir.” (Baqara surasi, 197-oyat).
Ibn Umar roziyallohu anhu: “Fusuq – bu Haramda Allohga osiylik qilishdir”, deb aytgan.
Alloh taolo shunday degan:

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ الَّذِي جَعَلْنَاهُ لِلنَّاسِ سَوَاءً الْعَاكِفُ فِيهِ وَالْبَادِ وَمَنْ يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍ بِظُلْمٍ نُذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍAlloh taoloning adolati, fazli va qudrati (2-qism) Ezgu ishlar va gunohlarning yozilishi (2)

“Albatta, oʻzlari kofir boʻlgan va (oʻzgalarni) Alloh yoʻlidan hamda Biz Makka ahli bilan (xorijdan) keluvchilar uchun barobar qilib qoʻygan Masjidi Haromdan qaytaradigan kimsalarga va u joyda zulm bilan yoʻldan chiqmoqchi boʻlgan kimsaga alamli azobdan totdirib qoʻyurmiz.” (Haj surasi, 25-oyat).
Shu sababli, baʼzi sahoba va baʼzi salaf solih zotlar Haramda gunoh qilib qoʻyishdan qoʻrqib, u erda yashashdan saqlanishgan.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: “Makkadan boshqa joyda etmishta xato qilishim Makkada bitta xato qilishimdan koʻra men uchun suyumliroqdir”, deb aytgan. Mujohid rahimahulloh: “Makkada xuddi yaxshiliklar koʻpaytirilganidek, gunohlar ham koʻpaytiriladi”, deb aytgan[2].
V). Bajaruvchining ulugʻ maqomi sababli:
Allohning baʼzi bandalari tomonidan qilingan gunoh, ularning Alloh huzuridagi ulugʻ darajasi, Allohga boʻlgan maʼrifati quvvatli boʻlgani va U Zotga muqarrab boʻlishi sababli ogʻirroq boʻlishi mumkini. Qurʼoni Karimda shunday deyilgan:

يَا نِسَاءَ النَّبِيِّ مَنْ يَأْتِ مِنْكُنَّ بِفَاحِشَةٍ مُبَيِّنَةٍ يُضَاعَفْ لَهَا الْعَذَابُ ضِعْفَيْنِ وَكَانَ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًاAlloh taoloning adolati, fazli va qudrati (2-qism) Ezgu ishlar va gunohlarning yozilishi (3)

“Ey, Paygʻambar ayollari! Sizlardan kim aniq fahsh ishini qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar ziyoda qilinur. Bu (kabi jazolarni berish) Allohga osondir.”  (Ahzob surasi, 30-oyat).

Davomi bor…
Oldingi qismlar:
1-qism
✒️ Shokirjon domla Madaminov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi


[1] Sahihi Muslim, 4756-hadis.

[2] “Al-Vofiy fi sharhil arbaʼiynan Navaviyya”. Mustofa al-Bagʻo, Muhyiddin Mistu. 308-bet.

Tagged under: maqola, nabiy

What you can read next

Рамазондан кейин нима қиламиз?!
Уламолар юлдузларга нега ўхшатилди?
ҲИКОЯЛАРДА АКС ЭТГАН “ҚИРҚ ҲАДИС”. ФАРЗАНДЛАРИМИЗ УЧУН...
Камар
Ҳусни хулқ (Шамоийилул-Мустафо)
Ҳусни хулқ (Шамоийилул-Мустафо)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP