SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
11.09.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Egov

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
26-hadis

Bir kuni Ahmad bozorga tushib zarur narsalarni xarid qilmoqchi edi. Erta turib bozorga otlandi. Bozordan kerakli narsalarni xarid qildi. Barcha xaridlarini uncha katta boʻmagan bir xaltaga joylashtirdi. U temir buyumlar doʻkonidan sotib olingan egov jigar solingan sellofan xaltani yirtib qoʻyishini oʻylab ham koʻrmadi. Uyga kelgach egovni olib qarasa, jigarning qoniga bulgʻangan ekan. Shu bois keyinroq yuvish uchun egovni eshik oldida qoldirdi. Qaytib kelib qarasa, qon hidini sezib kelgan mushuk egovni yalayotgan ekan.

Ajablanarlisi shundaki, egovdagi qon butkul yoʻqolishni oʻrniga hech tugay demasdi. Mushuk esa yanada ortib borayotgan yangi qonni ishtaha bilan yalash bilan ovora edi.

Vanihoyat gap nimadaligini tushunib yetgan Ahmad bechora mushukni “Pisht, pisht!” deya xayday boshladi.

Mushuk esa oʻljasini olib qoʻyyapti deb oʻylab Ahmadga gʻazabnok qarab turardi.

Shoʻrlik mushuk egov tilini jarohatlagani va u hozir oʻzing qonini yalayotganini bilmayotgan edi-da.

Ahmad boʻlib oʻtgan hodisani otasiga aytib berganida, otasi kulib qoʻydida shunday dedi: “Baʼzi insonlar sening mushugingga oʻxshaydilar. Ular oʻzlarining nojoʻya ishlari oʻzlarigagina zarar keltirishini tushunmaydilar. Xuddi shu mushuk singari, ular oʻzlarini yomon ishlardan qaytarayotgan insonlardan ranjiydilar”.

Shunda Ahmad eʼtiroz bildirdi: “Ularni yomon ishlariga toʻsqinlik qilish kerak emas. Ishlari yomon ekanligini oʻzlari tushunib yetishadi”. Bunga otasi shunday javob berdi: “Biz ularning yomon ishlar qilishlariga qarab turmasligimiz kerak, oʻgʻlim. Bizning vazifamiz ular yomon ishlaridan qaytishlari uchun harakat qilmoqlikdir. Bu bilan ana shu insonlarga ham, jamiyatga nafimiz tegadi”. Soʻng u Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari oʻqib berdi:

“Sizlardan kim biror yomon ishni koʻrsa, qoʻlini bilan qaytarsin. Agar bunga qodir boʻlmasa, tili bilan. Agar unga ham qodir boʻlmasa, qalbi bilan qarshi boʻlsin.”

مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ , فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ , وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإيمَانِ
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Уламолар айтадилар....
Уламолар айтадилар….
Majallatul Ahkamul Adliyya asari: Muqaddima: savdo-sotiqqa tegishli fiqhiy istelohlar (atama) bayoni.
Savdo-sotiqqa tegishli fiqhiy istelohlar (atama) bayoni. ii-qism
ИЛМ ВА МАЪРИФАТ ЙЎЛИДА КЕЧГАН УМР
Илм ва маърифат йўлида кечган умр

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP