SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI
11.05.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan talaba madrasa rahbariyati tomonidan taqdirlandi

Bugun 11-may kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus taʼlim muassasasida peshin namozidan soʻng Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan 3-kurs talabasi Norboyev Dilshodni madrasa rahbariyati tomonidan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (1)
QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (2)

Tadbir Qurʼoni karimning xatmi-sagʻir qilish bilan boshlandi, xatmi-sagʻirdan soʻng taʼlim muassasasi mudiri Abdulhakim qori Matqulov  Norboyev Dilshodni va uni  Qurʼoni karimni toʻliq yod olishda taʼlim bergan ustozlari Avaz qori Jumaboyev va Begzod Xoldorov haqiga hamda yurt tinchligi, dinimiz, millatimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilib mutavaffo boʻlib ketgan barcha vatandoshlarimiz, hozirda ushbu yoʻlda say-harakat qilayotgan yurtboshimiz, Din ishlari boʻyicha Qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa mutasaddilar haqqiga duoyi-xayrlar qildilar

QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (3)
QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (4)
QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (5)

Taqdirlash marosimini ikkinchi qismida taʼlim muassasasi mudiri Abdulhakim qori Matqulov Qurʼoni karim tilovati, hofizu-kalomulloh boʻlish fazilatlari, ularni hayoti-dunyoda va oxiratdagi darajalari haqida majlisda yigʻilgan ustoz va talabalarga Hadisi shariflardan batafsil bayon qilib berdilar. Abdulhakim qori Matqulov Koʻkaldosh madrasasi Respublikamizda faoliyat yuritayotgan diniy taʼlim muassasalari ichida yagona Qurʼoni karim ilmlariga ixtisoslashtirilgan madrasa boʻlishi haqida aytib oʻtdilar. Shu sababdan madrasa mudiri talabalarga bundan keyin qolgan ilmlar bilan bir qatorda Qurʼoni karimni yod olishga, hamda unga aloqador boʻlgan barcha ilmlarni yanada chuqurroq oʻzlashtirishga, Allohning kalomini koʻp tilovat qilishga chaqirdilar.

QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (6)
QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (7)
QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (8)

Tadbir soʻngida Abdulhakim qori Matqulov Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan 3-kurs talabasi Norboyev Dilshodga «Faxriy yorliq» hamda taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

QURʼONI KARIMNI TOʻLIQ YOD OLGAN TALABA MADRASA RAHBARIYATI TOMONIDAN TAQDIRLANDI (9)

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi Matbuot xizmati

What you can read next

“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 3-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 19-оят
XALQARO TASHKILOTLAR VAKILLARI KOʻKALDOSH MADRASASIGA TASHRIF BUYURISHDI
Xalqaro tashkilotlar vakillari Koʻkaldosh madrasasiga tashrif buyurishdi
“Nazarbek” talabalar turar joyida XATMI QURʼON kechasi boʻlib oʻtdi
“Nazarbek” talabalar turar joyida XATMI QURʼON kechasi boʻlib oʻtdi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP