SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda
11.02.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda

“Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida «Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi»da navbatdagi maʼruzalar tashkil etildi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (1)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (2)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (3)

Birinchi maʼruza “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” mavzusiga bagʻishlandi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi professori, iqtisod fanlari doktori Pardayev Umidjon Uralovich mavzuni ilmiy asosda keng yoritib berdi.

Tadbirda taʼlim muassasasi oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari — N. Djalolov va pedagog-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (4)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (5)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (6)

Maʼruzada global iqtisodiy transformatsiya sharoitida yangi mehnat bozori shakllanayotgani asoslab berildi. Yaqin besh yil ichida mavjud kasblarning qariyb 30 foizi avtomatlashtirilishi, 50 foizi boʻyicha esa yangi malaka va kompetensiyalar talab qilinishi haqidagi prognozlar tahlil qilindi.
Kasbga yoʻnaltirish tizimini maktab bosqichidan boshlab takomillashtirish, 9-sinf bitiruvchilarini fanlarni oʻzlashtirish darajasi va kasbiy qiziqishiga koʻra saralash mexanizmlari yoritildi.
Texnikumlarni kasbiy taʼlimning tayanch boʻgʻiniga aylantirish, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari hamda “Kasblar shaharchasi” loyihasi orqali amaliy koʻnikmalarni kuchaytirish zarurati taʼkidlandi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (7)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida maʼruzalar davom etmoqda (8)

Dual taʼlim tizimini kengaytirish, ish beruvchilar bilan uzviy integratsiyani taʼminlash, texnikum oʻquvchilarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Oliy taʼlim va mehnat bozori oʻrtasida raqamli bogʻliqlikni shakllantirish, sogʻliqni saqlash hamda maxsus kasblar boʻyicha zamonaviy tayyorlash yoʻnalishlari ham keng yoritildi.

Ikkinchi maʼruza “Ekologik muvozanatni taʼminlash, «yashil» energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish” mavzusiga bagʻishlandi.
Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi dotsenti, iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) Bekchanov Davron Masharipovich mavzuni ilmiy asosda keng yoritib berdi.
Maʼruzada Ekologik muvozanat – ustuvor davlat siyosati ekanligi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat ekologiyasi, “yashil” energetika va energiya transformatsiyasi kabi sohalar chuqur tahlil qilindi. Shahar ekologiyasi va transport siyosati shuningdek, elektromobillar importi va ekologik transport infratuzilmasini rivojlantirish batafsil yoritildi.
Suvni tejaydigan texnologiyalar qamrovi 2,6 million gektarga yetkazilishi, suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasi orqali amaliy ishlarni kuchaytirish zarurati taʼkidlandi.

Mazkur maʼruzalar ishtirokchilarda zamonaviy kasbiy tafakkurni shakllantirish, mehnat bozori talablarini chuqur anglash va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot modelida inson kapitalining ustuvor oʻrnini tushunishga hamda eologik muvozanat – ustuvor davlat siyosati ekanligini his qilishga xizmat qiladi.

©️ Abdurahmon Ismoilov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi

What you can read next

“Mayyitning bobosi va aka-ukalari orasidagi meros taqsimoti” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi
“Mayyitning bobosi va aka-ukalari orasidagi meros taqsimoti” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi
“Мазҳаблар ва йўналишлар” фан ойлиги доирасида “Биз ёт ғояларга қаршимиз” мавзусида мусобақа (Фотолавҳалар)
“Мазҳаблар ва йўналишлар” фан ойлиги доирасида “Биз ёт ғояларга қаршимиз” мавзусида мусобақа (Фотолавҳалар)
Сурхондарё вилоятида ўтказилган Қуръон мусобақасининг хотин-қизлар ўртасида ўтказилган вилоят босқичи натижалари билан танишинг
Сурхондарё вилоятида ўтказилган Қуръон мусобақасининг хотин-қизлар ўртасида ўтказилган вилоят босқичи натижалари билан танишинг

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP