2024 yil 5- mart kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida fiqh fani oʻqituvchisi Xolmoʻminov Jaloliddin va 402-guruh talabalari ishtirokida ochiq dars boʻlib oʻtdi. Dars “Merosni hisoblash ilmi” fanidan “Mayyitning bobosi va aka-ukalari orasidagi meros taqsimoti” mavzusida boʻlib oʻtdi. Dars jarayoni ilmiy asosda hamda talabalar faolligi bilan qiziqarli oʻtdi.



Darsni bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Djalolov, maʼnaviyat va maʼrirat ishlari boʻlimi boshligʻi A. Gʻaniyev hamda matbuot kotibi R. Axundjanov kuzatishdi.




A. GʻANIYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi





