2026-yil 11-fevral kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Mudarrislar kengashining navbatdagi 3-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda taʼlim muassasasi mudiri, PhD Maʼmurjon Erkayev, oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Djalolov, shuningdek, kengash aʼzolari va masʼul xodimlar ishtirok etdilar.

📌 Kun tartibiga muvofiq 2025–2026 oʻquv yilining birinchi yarim yillik yakunlari yuzasidan hisobot va tahlillar tinglandi. Jumladan:
▪️ oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va sifat tahlili;
▪️ yakuniy nazorat sinovlari natijalari hamda monitoring jarayonlari;
▪️ oʻquv-intizom va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, Taftish komissiyasining 2025-yil faoliyati yuzasidan hisobot eshitilib, moliyaviy va ichki intizom masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish davomida birinchi yarim yillik mobaynida yuqori natijalarga erishgan hamda namunali faollik koʻrsatgan talabalarni ragʻbatlantirish va taqdirlash masalasi koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullar belgilandi.
Mazkur yigʻilish muassasada taʼlim sifatini oshirish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish va oʻquv jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan muhim boshqaruv yigʻilishi hisoblanadi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY oʻquv-uslubiy boʻlimi





