Kecha Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Naʼmuna” MFYda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda «Koʻkaldosh» oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO kafedrasi doktoranti R.Saidjalolov mavzu yuzasidan maʼruza qildi.
Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar, ularning oldini olish va buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbir soʻnggida ishtirokchilar savollariga kerakli javoblarni oldilar.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






