2025-yil 8-aprel kuni Koʻkaldosh madrasasining bir guruh talabasi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi – buyuk bobokalonimiz Amir Temur va Temuriylar sulolasining tarixiy merosi, ularning ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvidagi oʻrni bilan yaqindan tanishish edi.


Tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Ular Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari, siyosiy salohiyati va ilm-fanga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Muzey xodimlari tomonidan tayyorlangan ekskursiyalar orqali tarixiy eksponatlar, qadimiy qurol-aslaha va sanʼat asarlari haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.



Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarimizni tarixiy ongli, vatanparvar va yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Talabalar ushbu tashrifdan chuqur taassurot bilan qaytib, oʻz bilimlarini boyitdilar.


Koʻkaldosh madrasasi rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan bu tashrif, talabalar ongida tariximizga nisbatan hurmat va faxr tuygʻusini yanada mustahkamladi.
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati






