SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Kim Alloh huzuriga salomat qalb ila kelsa…
08.07.2024 / Bo‘limda Maqolalar, Tafsir

Kim Alloh huzuriga salomat qalb ila kelsa…

Va qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmagin. U kunda na mol manfaat berar va na bolalar. Magar, kim Alloh huzuriga salomat qalb ila kelsa, (manfaat topar)(Shuaro surasi, 87-89 oyatlar).

   Imom Qurtubiy rohimahulloh ushbu oyatning tafsirida quyidagi hadisni keltiradilar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Ibrohim alayhissalom qiyomat kunida otalarining ustilarida qora gʻubor (chang) boʻlgan holatda koʻradilar”. (Imom Buxoriy rivoyati)

   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ibrohim alayhissalom otalariga yoʻliqadilar. Soʻng aytadilar: “Ey Robbim! Qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmaslikni vaʼda berganding”. Alloh taolo: “Albatta men jannatni kofirlarga harom qildim”- deb javob beradi”. Imom Buxoriy rivoyati.

   Ulamolar insonga oʻz farzandi yordam bera olmaganidan keyin boshqa kim ham yordam bera olardi deb aytadilar. Lekin Alloh taolo oyatda qachonki salomat qalb bilan keladigan boʻlsa, manfaat berishini bayon qilmoqda. Oyatda insonning qalbi alohida zikr qilib xoslandi. Chunki qalb salomat boʻladigan boʻladigan boʻlsa, barcha aʼzolar salomat boʻladi. Agar qalb fasod boʻlsa, boshqa aʼzolar ham fasod boʻladi.

Ulamolar salomat qalbning taʼrifi borasida ixtilof qildilar. Imom Qatoda, Ibn Zayd rohimahumallohlar va aksar mufassirlar: “Salomat qalb bu shak va shirkdan salomat boʻlgand qalbdir. Gunohlardan esa biror kishi salomat boʻlolmaydi”- dedilar.

Said ibn Musayyib rohimahulloh: “Salomat qalb – bu moʼminning qalbidir. Kofir va munofiqning qalbi kasal qalb hisoblanadi. Chunki Alloh taolo: “Ularning qalbida kasallik bordir”– deb marhamat qilgan”- deydilar.

Abu Usmon Sayyoriy rohimahulloh: “U bidʼatu xurofotlardan xoli boʻlgan, sunnat ila xotirjam boʻlgan qalbdir”- deb taʼrif beradilar.

Hasan Basriy rohimahulloh esa: “Bu mol va bolalarning ofatidan salomat boʻlgan qalbdir”- deganlar.

Sahihi Muslimda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannatga qalblari qushlarning qalbidek boʻlgan qavmlar kiradi”– deb marhamat qilganlar. Ushbu hadisni muhaddislar “Gunohlardan xoli boʻlish va ayblardan salomat boʻlish va dunyo ishlariga eʼtibori yoʻqligida inson qalbi qushlarning qalbiga oʻxshatildi” deb sharhlaganlar.

   Imom Nasafiy rohimahulloh oyatdagi “salomat qalb”ni “Kufr va nifoqdan salomat boʻlgan qalb demakdir. Chunki kofir va munofiqning qalbi kasaldir” deb tafsir qiladilar. Yaʼni agar mol yaxshilik yoʻlida sarf qilinsa, bolalar solih boʻlsa, shundagina salomat qalb bu ikkalasidan manfaat oladi. Yoki oyatda mol va bolalar boylik (behojatlik) maʼnosida kelmoqda deydilar. Chunki kishining dunyodagi boyligi mol va bolalari bilan boʻlganidek, dinidagi boyligi qalbining salomatligi bilan boʻladi.

Xulosa qiladigan boʻlsak, qachonki inson molini Allohning toatida sarflab, farzandalarini haq din yoʻliga chorlab, shariat ahkomlarini oʻrgatishi bilan birgalikda qalbi salomat boʻlsa, shundagina mol-u dunyosi va bolalari manfaat beradi. Inson hayoti davomida Alloh taolo buyurgan mana shu koʻrsatmalarga amal qiladigan boʻlsa, ikki dunyo saodatiga, albatta erishadi.

Avazbek Jumaboyev, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

What you can read next

Ҳанафий уламолар наздида Пайғамбаримиз Муҳаммад (сав) қабрларини зиёрат қилиш ва зиёрат асносида тавассул қилиш
Ҳанафий уламолар наздида Пайғамбаримиз Муҳаммад (сав) қабрларини зиёрат қилиш ва зиёрат асносида тавассул қилиш
“Ватанни севмоқ иймондандир” мавзусида эсселар танловининг Республика босқичи бўлиб ўтмоқда
“Ватанни севмоқ иймондандир” мавзусида эсселар танловининг Республика босқичи бўлиб ўтмоқда
Яхшилик ва ёмонлик
Яхшилик ва ёмонлик

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP