SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi
08.05.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi

Inson qadri, ajdodlar xotirasiga ehtirom va ezgu amallarni ulugʻlash xalqimizning azaliy maʼnaviy qadriyatlaridan hisoblanadi. Shu bois yurtimizda keng nishonlanadigan 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” nafaqat oʻtganlarni yod etish, balki Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilgan insonlarning hayot yoʻli va jasoratidan ibrat olish kuni sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan hikmat bejiz aytilmagan. Zero, inson oʻzgalariga hurmat va ehtirom koʻrsatgani sari, oʻzi ham shunday yuksak munosabatga munosib boʻladi.

Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi (1)
Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi (2)

Xotira — muqaddas va aziz tuygʻu. Ayniqsa, el-yurt manfaati, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlar nomi xalq qalbida abadiy saqlanadi. Ularning ezgu amallari va matonatli hayot yoʻli kelajak avlod uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi.

Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi (3)
Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi (4)

Shu munosabat bilan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti 1-bosqich talabalari tomonidan Xotira maydoniga maʼnaviy-maʼrifiy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida talabalar yurt osoyishtaligi va Vatan ozodligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga ehtirom bajo keltirib, majmuadagi yodgorlik va ramziy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbir jarayonida tarixiy xotirani asrash, ajdodlar jasoratidan ibrat olish hamda tinchlikning bebaho neʼmat ekani haqida mazmunli suhbatlar oʻtkazildi.

Abdulloh Abdusattoriy tarbiyachi- pedagog

What you can read next

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам сирларини ишонган зот
Бир ота-онанинг фарзадларимиз!
Бир ота-онанинг фарзадларимиз!
Тақво ва унинг фойдаси
Аллоҳнинг розилиги устун бўлсин!

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP