SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Savdo bitimida “Oʻtgan zamon” feʼli boʻlishi shartmi?
07.11.2023 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Savdo bitimida “Oʻtgan zamon” feʼli boʻlishi shartmi?

Barcha fiqhiy mazhablar savdo bitimi bogʻlanishida iyjob va qabul lafzlari oʻtgan zamon shaklida boʻlishida ittifoq qilishgan. Ammo ularning har ikkalasi yoki bittasi kelasi zamon feʼli boʻlishida ixtilof bor.

 Bunday boʻlishi faqatgina arab lugʻatiga xosdir. Sababi ularda bitimni ifoda qiladigan lafzlar oʻtgan zamon shaklidagi feʼllarga bogʻliq boʻlib, kelasi zamon feʼllari hozirni ham kelajakni ham ifoda qilgani uchun aynan bir zamonni ifodalab bermaydi, balki har ikkalasini ham ehtimol qiladi. Masalan xaridor sotuvchiga “mana bu telefonni 100ga sot” desa, bu narx talashish deyiladi, shu holatda sotuvchi sotaman desa, bu vaʼda boʻladi.

Ibn Humom rohimahulloh: “Kelasi zamon feʼli bilan savdoning bogʻlanmasligi, sotuvchi va xaridorning niyati kelajak uchun boʻlsa, ammo hozir va darhol boʻlishni xohlasalar bu holatda savdo tugal boʻladi” deganlar.

Ammo arab lugʻatidan boshqalarda masalan fors, ingilizlarda alohida hozir va hol uchun ishlatiladigan feʼllar boʻlganligi sabab, iyjob va qabul lafzlari oʻtgan zamon feʼllari bilan boʻlishi shart emas, balki hozirni ifodalaydigan feʼllar bilan boʻlaveradi. Toʻgʻri kelajak uchun ishlatiladigan feʼllar darhol boʻladigan bitimlarni ifodalay olmasada, lekin ularning maʼlum taqozo va taqdirlari boʻladi, masalan: sotuvchi “sendan bu mashinani 100ga sotib oldim” dedi, sotuvchi “uni ol” yoki “pulini opkel” desa savdo durust boʻladi, chunki uning mazkur gapining taqdirida “aytgan gaping menga maʼqul qabul qildim, uni ol yoki pulini keltir” degan boʻladi.

Lugʻatlar oʻzgarishi bilan bitim lafzlarining shakllari ham oʻzgarib turadi, “Majalla al-ahkom adliyya” kitobida ham iyjob va qabul lafzlarini maxsus shakllar bilan qaydlamagan, bu haqida (168)-moddasida quyidagilarni keltiradi: “Iyjob va qabul, har bir shahar va elatning urfidagi savdoni hosil qilish uchun ishlatiladigan lafzlaridan iboratdir”.

“Fiqhul buyuʼkitobidan foydalanildi.
Mirzayev Kamoliddin
Koʻkaldosh OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

КИТОБ МУТОЛАА ҚИЛИШ – КОНИ ФОЙДА
Китоб мутолаа қилиш – кони фойда
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам тановул қилган таомлар”
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам тановул қилган таомлар”
Миссионерлик нима?
Миссионерлик нима?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP