SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
07.06.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Hamyon

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
9-hadis

Bir badxulq savdogar bozor oldidan oʻtib ketayotib ichida sakkiz yuz oltin boʻlgan hamyonini tushirib qoʻydi. U har tomonga zir yugurib qidirdiyu, biroq hamyonini koʻrgan biror kishini uchratmadi. Soʻng jarchi orqali kimki uning hamyonini koʻrgan boʻlsa va keltirib bersa yuz tillo berishini eʼlon qildi. Uning hamyonini juda halol va rostgoʻy boʻlgan Vali ismli kosib topib olgan edi. U bu topilmani egasi topilgunga qadar saqlab qoʻyishga qaror qilgan edi. Kosib jarchining eʼlonidan soʻng toʻgʻri savdogarning oldiga bordi va hamyonini qaytarib berdi. Savdogar esa oʻta baxil, oʻzgalarning yaxshiligini qadrlamaydigan kishi edi. U ichida pullari topilganidan rosa xursand boʻlsada, buni bildirmadi. Pullarni darhol sanab chiqdi va: ”Ey birodar, sen hamyonimdan oʻzinga berilishi kerak boʻlgan pulni olib qoʻyibsan-ku”-, deya bechora kosibga tuhmat qildi. Shunda kosib savdogarning yoqasidan tutib shunday dedi: “Menga qarang xojam, men kambagʻal bir odamman ammo aslo biror kishining haqqiga xiyonat qilmayman. Oʻgʻri va firibgarlikdan hazar qilaman. Siz menga vaʼda qilingan oʻsha pulingizni bermasligingiz mumkin ammo meni oʻgʻirlikda ayblay olmaysiz!” – dedi. Yuzsiz savdogar esa Valini ayblashda davom etdi. Shundan soʻng ular qoziga murojaat qilishdi. Ikki tomonni eshitgach qozi savdogar yolgʻon gapirayotgani va jazoga mahkum ekanligini bildi. Ammo u oʻzining jahli chiqayotganini bildirmaslikka harakat qilib shunday dedi: “Savdogar taʼkidlashicha, hamyondan yuz oltin tanga olingan, kosib esa hech qanday pul olmaganini taʼkidlamoqda. Men ularning ikkisiga ham ishonaman. Demak ushbu hamyon savdogarga tegishli emas va bu egasi topilgunga qadar shu yerda saqlanadi”,- dedi. Baxil savdogar qilib qoʻygan ishidan pushaymon boʻldi. Ammo endi kech edi. Bu noshukr savdogarning voqeasi bizga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini eslatib yuboradi:

من لا يشكر الناس لا يشكر الله

“Insonlarga shukr qilmaydigan kishi Allohga ham shukr qilmaydi”.

Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Silai rahm fazilati: Qarindoshlik rishtalarini bogʻlashning ijtimoiy manfaatlari
Виждон эркинлигининг ўзига хос хусусиятлари
Виждон эркинлигининг ўзига хос хусусиятлари
Юртга хиёнат – кечирилмас хато
Юртга хиёнат – кечирилмас хато

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP