6-sentabr kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Qurʼoni Karim va tajvid” oʻquv kurslari tinglovchilari uchun davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov olib bordi.
Davra suhbati davomida ustoz Abdulhakim qori Matqulov Qurʼoni Karim Alloh taoloning kalomi ekani, uning fazilati va uni oʻqib, tahsil olgan kishi koʻplab savoblarga erishishi haqida soʻzlab quyidagi gaplarni keltirdilar: Alloh taolo Qurʼoni karimni bizlarga hidoyat manbai qilib bergan. U muborak kitob inson umrining tavallud bosqichidan tortib, to poyoniga qadar kelib chiqadigan barcha ehtiyojlariga javob beruvchi, mavjud muammolarning adolatli va mufassal hal qilinishiga yoʻl koʻrsatuvchi, har zamon va har makonda dasturul amal boʻlguvchi yagona ilohiy kitobdir. Qurʼoni karim Paygʻambarimiz sallollohu alayhi vassallamga Alloh taolo tomonidan ato etilgan moʼjizalarning eng buyugi boʻlishi bilan birga, uni oʻqib, soʻngra uqib, unga amal qilganlarni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi manbadir.
Davra suhbati soʻngida tinglovchilarga Qurʼoni karim mushafi topshirildi. Qurʼoni karim tilovati qilinib duoiy-xayrlar qilindi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati





