Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatini belgilash toʻgʻrisida” 01A/139-sonli buyrugʻi 2.5-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida pedagog-oʻqituvchilar uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, oʻquv jarayoniga oid meyyoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar hamda ixtisoslik fanlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv seminarlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.




Bilim yurtida bugun, 6-yanvar kuni oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻquv-seminar mashgʻulotida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi Habibulloh domla Abdulgʻaffor “Jamiyatdagi zamonaviy fatvo masalalari va ularning yechimi” mavzusida maʼruza qildi.
Maʼruza davomida Fatvo markazi faoliyati, hozirgi kunda berilayotgan dolzarb fatvolar, fatvo berish masʼuliyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.


Eslatib oʻtamiz, talabalar uchun qishki taʼtil muddati 2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha etib belgilangan.
Abdurahmon Ismoilov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi






