SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Sahihi Muslimning tarkibiy tuzilishi
05.07.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Sahihi Muslimning tarkibiy tuzilishi

Imom Muslim yozgan asarlar ichida uning Musnadi shubhasiz shoh asaridir. Uzoq vaqt davomida ustozlaridan eshitgan hadislarni bir kitobga jamlab, hadis ilmida barcha muhaddislar eʼtirof etgan qoida va usullar asosida ularni keltiradi.

Buyuk alloma Imom Buxoriy va uning zamondoshi Imom Muslim birinchilardan boʻlib, faqat sahih hadislarni toʻplab, alohida asarlar yaratish ishini boshlab berdilar. Hadis ilmidagi batamom yangi boʻlgan bu yoʻnalishga buyuk vatandoshimiz Imom al-Buxoriy birinchi boʻlib asos solgan boʻlsa, unga ergashib asar yozgan Imom Muslim ibn Hajjoj ikkinchi hisoblanadi. Shu boisdan ham ularning tarixiy asarlari Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslim islom olamida haqli ravishda Quroni Karimdan keyingi asosiy manbalar hisoblanadi. Katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan bu asarlarning tarixiy ahamiyati shundaki, ulardan roviylari va isnodlari chuqur tekshirilib, aniqlangan sahih hadislargina oʻrin olgan.

Sahihi Muslim asari yozilish muddati haqida bir necha qarashlar boʻlib, Imom Muslimdan hadis eshitgan olimlardan biri Аhmad ibn Salama Muslim bilan uning Sahihini oʻn besh yil davomida yozishganman, deb yozsa, olim al-Iroqiy Ibn Salohkitobiga yozgan sharhida va mashhur alloma Hoji Xalifa oʻzining qomusiy asari Kashuz-zununda koʻrsatishicha, Imom Muslim bu asarini hijriy 250 yilda yozib tugatgan. Imom Muslimning shogirdi va Sahih asarining roviylaridan biri Ibrohim ibn Muhammad ibn Sufyon Naysoburiy: Muslim bizga ushbu kitobini hijriy 257-yilda oʻqib tugatgan edi, deb yozadi. Аyrim manbalarda keltirilishicha, Muslim ibn Hajjoj Sahihasarini hijriy 235-yilda, yani 30 yoshga yetganda, yetarli bilim va tajribaga ega boʻlgandan keyin yozishga kirishgan. Mana shu fikrlardan Imom Muslim bu asarini taxminan oʻn besh yil davomida yozib tugallaganligi aniq boʻladi. Imom Buxoriy esa oʻzining shoh asari Sahihi Buxoriyni oʻn olti yil davomida yozib tugatgan.

Shu bilan birga baʼzi olimlar, masalan, Hokim Naysoburiy, Аbu Bakr Bayhaqiy, Ibn Аsokir va boshqalar Imom Muslim bu asarini uch qismdan iborat qilmoqchi boʻlsada, biroq birinchi qismini tugatgach, vafot etgan, degan fikrni ham bildiradilar. Lekin muallifning oʻzi ham, boshqa bazi olimlar ham asar mukammal yozib tugallanganligi haqida yozib qoldirganlar. Аvval zikr qilganimizdek, Imom Muslimning bu asari u eshitgan uch yuz ming hadisdan tanlanib, tasnif etilgan va yozilish jarayonida muallif toʻliq ravishda oʻz zamondoshi va ustozi Imom Buxoriyning uslubini qoʻllab, unga ergashganligini koʻramiz.

Tarkibiy jihatdan bu asar sakkiz qismdan iborat, oʻz navbatida ular ham hadislarning mazmun-mohiyati va mavzulariga qarab ellik toʻrt (baʼzi manbalarda keltirilishicha, ellik ikki) bobga boʻlinadi. Ulardan iymon, tahorat, namoz, masjidlar, zakot, roʻza, haj, nikoh, farzlar, vasiyatlar, ovchilik, kiyim-kechak, zeb-ziynatlar, odob-axloq, ilm-marifat, fazilatlar, tarix va tabobatga oidlarini koʻrsatish mumkin. Sahihi Muslimdan oʻrin olgan hadislarning aniq adadi haqida ham xilma-xil fikrlar mavjud boʻlsa-da, kitobga kiritilganlarining (kam hollarda takrorlanganlarini ham hisobga olganda) umumiy soni 5781 hadisdan iborat.

Sahih asariga kiritilgan takrorlanadingan va takrorlanmaydigan hadislarning umumiy soni Muslimning bir shogirdining gapiga qaraganda oʻn ikki mingni tashkil qiladi. Muslimning «Sahih» asari bilan jiddiy shugʻullanib, tadqiq qilgan olim Imom Navaviy bu haqda mutlaqo hech narsa yozmagan, Sharqshunos Venank Miftah kanuz as-sunna kitobida Muslim ibn Hajjojning «Sahih» kitobidagi hadislarning sonini (aslida kitob) usuliy hadislarga tayangan holda fasl (boʻlim)larga boʻldi. Mana shu hadislarni hisoblab chiqsak, ularning umumiy soni 5781 hadisga yetadi. Kitob esa 54 ta bobdan iborat. «Miftoh kanuz as-sunna»dagi har bir bobning yonida unga tegishli hadislarning adadi koʻrsatilgan. Ushbu boblarning mazmuni ularda keltirilgan hadislarning mavzuiga qarab aniqlangan. Mavzular jumlasiga iymon, namoz, roʻza, zakot, haj, jihod, ichimliklar, sheʼr, tafsir va hokazolar kiradi. Birinchi qism uch mavzudan iborat, ularni misol tariqasida keltiramiz:

iymon – 380 hadis,

tahorat – 111 hadis,

hayz koʻrish – 126 hadis.

Ikkinchi qism uch mavzudan iborat.

namoz – 285 hadis,

masjidlar – 316 hadis,

safardagilar namozi – 312 hadis.

Uchinchi qism sakkiz mavzu, toʻrtinchi qism olti mavzu, beshinchi qism oʻn ikki mavzu, oltinchi qism olti mavzu, yettinchi qism olti mavzu, sakkizinchi qism oʻn mavzuga oid hadislarni oʻz ichiga olib, bular hammasi boʻlib besh ming yetti yuz sakson bir hadisni tashkil qiladi.

Imom Muslimning «Sahih» asari asl holida qadim ulamolar uslubida kitob deb ataladigan boʻlimlarga boʻlingan. Har bir kitob oʻz navbatida boblarga taqsimlangan. Kitobning nomlari muallifning oʻzi tomonidan qoʻyilgan. Boblar esa asarni naql qilgan va sharh qilgan olimlar tomonidan yozilgan.

Xulosa qilib aytganda, Imom Muslim yangi bir qoidalar oʻylab topmadi, balki oʻzidan oldingi ulamolar qoʻyib ketgan mezonlar asosida hadislarni tahqiq qildi. Bu borada u oʻziga eng birinchi boʻlib Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan usul-qoidalarni ishlatdi. Qolaversa, ustozi Imom Buxoriyning sahih hadislarni ajratish va tartiblash borasidagi iqtidori va tajribasi unga asqotdi.

Hadislarni qabul qilishda eng birinchi mezon bu isnod masalasi boʻlib, Imom Muslim oʻz muqaddimasida avvalo shu jihatga eʼtibor berdi. Roviylarni asosan uch tabaqa, umumiy toʻrt tabaqaga ajratib, sanadlarni tahrir qildi. Bu uslub ham hadis ilmi meʼzoniga, ham aql tamoyillariga toʻgʻri keladi.
Kamolov Shavkat
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Islom – tinchlik va bagʻrikenglik dini
Islom – tinchlik va bagʻrikenglik dini
Рўзани бузадиган ва бузмайдиган ҳолатлар
Рўзани бузадиган ва бузмайдиган ҳолатлар
PAYGʻAMBARIMIZ MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAM VA SOLIH KIShILAR BILAN VASILA (TAVASSUL) QILIShLIK JOIZ EKANIGA FIQHIY MAZHABLAR ULAMOLARINING SOʻZLARI.
Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam va solih kishilar bilan vasila (tavassul) qilishlik joiz ekaniga fiqhiy mazhablar ulamolarining soʻzlari.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP