SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Vahhobiylik atamasi haqida mulohazalar
03.10.2023 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Vahhobiylik atamasi haqida mulohazalar

Vahhobiylik atamasi haqida mulohazalar

“Vahhobiylar va najdiylar” bu Muhammad Ibn Abdulvahhob Najd degan joyda asos solgan harakat uchun qoʻyilgan eng mashhur ismlardan hisoblanadi. Ushbu ikki nom vahhobiylarning oʻzlarining tilidan va ularga muxolif boʻlganlarning tarafidan mashhur boʻlib ketdi, chunki Muhammad Ibn Abdulvahhobning harakati ularga muxolif va muvofiq keluvchilar tomonidan “Vahhobiylik” va “Najdiylik” harakati bilan nomlandi. Vahhobiylik atamasi ushbu ikki nom bilan ushbu harakat aʼzolarini obroʻsini toʻkish va ularni haqorat qilish uchun aytilmaydi, faqatgina vahhobiylarning oxirgi vakillari oʻzlarini “salafiy” deb nomlashni afzal deb koʻrishdi va vahhobiylik atamasi ularga xusumatda boʻlganlar va din dushmanlari tomonidan oʻylab topilgan deb daʼvo qilib kelishmoqda. Ularning bu kabi daʼvolari toʻgʻri emas, chunki vahhobiylarning oʻzlari bu ismni oʻz harakatlariga ishlatishadi.
Maʼlumki fiqhiy va eʼtiqodiy mazhablarning aksari oʻz mazhablarining nomini oʻzlarining taʼsischilarining nomi bilan emas balki ularning otalarini yoki oilasining nomi bilan atashadi. Chunki kishi oʻz ota-bobosi va oilasining ismi bilan taniladi. Masalan hanafiy mazhab Abu Hanifa Nuʼmon ibn Sobitga mansub boʻlsa hanbaliy mazhabi esa “Hanbal”ga yaʼni Imom Ahmadning bobolariga mansub etib nomlangan. Shu kabi yoʻl bilan boshqa mazhablar va yoʻnalishlar oʻz nomlarini belgilashgan. Demak vahhobiylarning oʻz taʼsischilarining otalariga nisbat berilishlarining xato deyishlari toʻgʻri emasligi shundan maʼlum boʻladi. Vahhobiylarning bu ism oʻzlariga muxolif boʻlganlar va din dushmanlari tomonidan oʻylab topilgan ism hamda kim shunday desa imonini yangilab olsin, deb daʼvo qilishlari gʻayrioddiy ishdir. Zero oʻzlarining shox asarlari boʻlmish “Ad-durarus saniya fi ajvibatin najdiya” (1/566 bet) nomli kitobda “Muhammad ibn Abdullatifning ahli Yaman va ulardan boshqalarga Najd ahlining aqidasini bayoni haqidagi risolasi”da quyidagi gaplar keltiriladi: “Ey vahhobilar jamoasi baʼzi insonlar biz haqimizda eshitgan narsalar bor, ammo ular biz unda turgan narslarning haqiqatini bilishmaydi hamda ular bizga biz daʼvat qilayotgan narsadan boshqasini nisbatini berishmoqdalar va bizning dinimizga biz unga daʼvat qilmayotgan narsalarni qoʻshmoqdalar…”  

Bas siz ularning: “Ey vahhobilar jamoasi baʼzi insonlar biz haqimizda eshitgan narsalar bor…” degan  ochiq soʻzlarini bir oʻylab qilib koʻring, ular vahhobiy degan soʻzni oʻzlariga ishlatishida biron bir haqorat-kamsitish koʻrmaysiz. Endi savol tugʻiladi nima uchun bugungi kundagi vahhobiylarning ushbu atamaga nisbatan qarashlari oʻzgarib qoldi?

Yana oʻsha “Ad-durarus saniya…” kitobiga murojat qilsak (10/511 bet), unda alohida “Vahhobiylik daʼvatini inkor qiluvchilarga raddiya, ularning inkori shirk” unvoni ostida risola bor. Uning muallifi ushbu harakatning qutblaridan biri Sulaymon ibn Sahmon boʻladi.

Ularning yana bir shayxlari Abdullatif Sahhofning gaplariga eʼtiboringizni qaratmoqchiman, u qoʻyidagi gaplarni yozadi: “Bas, siz bularning barchasidan yuz oʻgirdingiz va bu vahhobiylik dini deb aytdingiz… ha bu – Allohga hamdlar boʻlsin – bizning dinimizdur.” Abdullatif Sahhof hozirgi zamondosh vahhobilarga oʻhshab oʻzlarini vahhobiy deb nomlashdan bosh tortmadi hattoinki uni Muhammad ibn Abdullatif singari dinimiz deb ham nomladi.

Keling endi 20-asrda yashab oʻtgan Ibn Bozning bu borada aytgan gaplarini keltirib oʻtsak, Ibn Boz oʻzlarining yozgan fatvolarida hamda u kishining nomi ostidagi internet manzilida ushbu gaplarni topasiz: “Fazilatli shayx, baʼzilar Saudiya Arabistonidagi ulamolarni vahhobilar deb nomlashadi, sizlar bu nomlanishga rozimisizlar? Sizlarni bu nom bilan nomlgan kishiga qanday rad javobingiz bor?”,  bu savolga shayx : “Bu mashhur laqab boʻlib uni Najd ulamolariga qoʻyilgandir. Ular bu(laqab)ni shayx Muhammad Ibn Abdulvahhobga nisbat berishadi…. U sharafli, buyuk laqab, kim ushbu laqab bilan nomlansa bas u tavhid ahlidandir… bu daʼvatga ergashganlar va tavhid hamda Najd ulamolaridan Allohning tavhidiga daʼvat qiladiganlar va ulardan boshqalar (vahhobiy)deb laqablanadilar. U sharafli barchaga maʼruf boʻlgan laqab, va inkor qilib boʻlmaydigan narsa u Alloh azza va jallaga daʼvat ahlidan iborat boʻlgan ahli tavhid va ahli imonga berilgan laqabdir ”, deb javob bergan.

Endi oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi, hozirda musulmonlarni joiz deb hukm berilgan ishlari uchun har qanday yoʻl bilan shirk va kufrda ayblashga odatlanib olgan xavorijlik yoʻnalishini mujaddidi Muhammad ibn Abdulvahhobning tarafdorlari tomonidan tarqalayotgan “Kim vahhobiy desa u Alloh taoloning sifatini tahqirlayapti, u kimsa oʻz imonini yangilab olsin, bu nom, laqabni din dushmanlari oʻylab topgan…” degan gaplari kimga yoʻnaltiriladi???. Agar shu aytilgan gaplarida qatʼiy boʻlsalar, unda yuqorida nomlari zikr qilingan vahhobiylarning koʻzga koʻringan daholari va namoyondalari Alloh taoloning sifatini tahqirlovchidin dushmani boʻlib qoladi va ular imonlarini yangilashlari kerak boʻladi.

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot kotibi Rustam Oxunjonov

What you can read next

ҲИКОЯЛАРДА АКС ЭТГАН “ҚИРҚ ҲАДИС”. ФАРЗАНДЛАРИМИЗ УЧУН...
Кўзгу
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз...” туркумидан
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз…” туркумидан
Фиқх аҳллари
Фиқх аҳллари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP