SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Libos – inson ziynati
03.06.2020 / Bo‘limda Maqolalar

Libos – inson ziynati

Libos mavzusi odamzodning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq. Alloh taolo Odam va Havvo alayhis-salomlarni yaratib, jannatni maskan tutishni buyurdi.

Alloh taolo:

إِنَّ لَكَ أَلَّا تَجُوعَ فِيهَا وَلَا تَعْرَىٰ وَأَنَّكَ لَا تَظْمَأُ فِيهَا وَلَا تَضْحَىٰ

“Albatta, Sen u yerda och-yalangʻoch qolmassan. Albatta, Sen u yerda tashna ham boʻlmassan, issiqda ham qolmassan” (Toha surasi 118-119-oyatlar) dedi.

Ular jannatda maʼlum vaqt yashashdi va neʼmatlanishdi. Alloh taolo ularga jannatdagi barcha noz-neʼmatlardan foydalanishga ruhsat berdi, soya- salqin maskanlarlar, bogʻ-u rogʻlar, meva-chevalar barchasi ular uchun faqatgina birgina daraxtga yaqinlashmaslik, mevasidan yemaslikni buyurdi.

Alloh taolo:

وَقُلْنَا يَا آدَمُ اسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ الْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ الشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ الظَّالِمِينَ

“Ey Odam, sen oʻz jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasangiz, yenglar, osh boʻlsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas u holda zolimlardan boʻlasizlar”( Baqara surasi 35-oyat) dedi

Shuningdek, Alloh taolo ular uchun jannatdagi goʻzal, chiroyli, dabdabali liboslarni muboh qildi. Lekin ular uchun bu neʼmatlar uzoq davom etmadi. Lanatlangan Iblis qattiq saʼy-harakat qilib, axiri ularning jannatdagi hayotini buzdi. Ularga nasihat qilgan boʻlib :

فَوَسْوَسَ إِلَيْهِ الشَّيْطَانُ قَالَ يَا آدَمُ هَلْ أَدُلُّكَ عَلَىٰ شَجَرَةِ الْخُلْدِ وَمُلْكٍ لَّا يَبْلَىٰ

 “Bas, Shayton uni vasvasa qildi. U : “Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni koʻrsataymi?” ( Toha surasi 120-oyat)  dedi”

Rost soʻzlayotganiga qasam ichdi. Odam va uning ayoli shahvat va yolgʻon qasam taʼsirida Alloh taoloning ogohlantirishini unutishdi. Alloh taolo:

فَقُلْنَا يَا آدَمُ إِنَّ هَٰذَا عَدُوٌّ لَّكَ وَلِزَوْجِكَ فَلَا يُخْرِجَنَّكُمَا مِنَ الْجَنَّةِ فَتَشْقَىٰ

Bas, Biz: “Ey Odam, albatta, bu senga va juftingga dushmandir. Yana u ikkovingizni jannatdan chiqarib, badbaxt boʻlib qolmagim”.( Toha surasi 117-oyat). Soʻng, ular Iblisning taʼsirida daraxt mevasidan yeyishdi. Bu ishlari bilan Alloh taoloning amriga xilof ish qilib, uning gʻazabiga va iqobiga duchor boʻlishdi. Taqiqlangan mevadan yeganlarida, avratlari ochilib qoldi. Odam va Havvo alayhissalomlarning liboslari jannat kiyimlari va ziynatlaridan iborat edi. Taqiqlangan daraxtdan yeganlarida jannat kiyimlari yechilib ketdi va avratlari ocilib qoldi, ular tezda daraxt barglari bilan avrat oʻrinlarini berkitishdi. Bu qissa Qurʼoni Karimda ham vorid boʻlgan. Alloh taolo:

 فَدَلَّاهُمَا بِغُرُورٍ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا الشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْآتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ الْجَنَّةِ ۖ وَنَادَاهُمَا رَبُّهُمَا أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَن تِلْكُمَا الشَّجَرَةِ وَأَقُل لَّكُمَا إِنَّ الشَّيْطَانَ لَكُمَا عَدُوٌّ مُّبِينٌ

Bas, ularni aldov ila past (holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib koʻrishganda, avratlari oʻzlariga koʻrinib qoldi va oʻzlariga jannat barglaridan toʻsiq toʻqiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: “Sizlarni ana oʻsha daraxtdan qaytargan emasmidim va albatta, Shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!” dedi.” (Aʼrof surasi 22-oyat)

Ularning avrati ochilib qolganda, ular daraxt barglari bilan avratlarini berkitishga shoshilishdi. Ha, shunday avratlarning ochilishidan sogʻlom inson fitrati uyaladi. Avratlarni faqatgina hayosini yoʻqotganlar, sogʻlom fitrati buzilganlar, shayton nayranggiga uchganlargina ochishadi.

Odam alayhissalom unutdilar, xato qildilar, soʻng tavba qildilar, Allohdan gunohlarini kechirishini soʻradilar, Alloh taolo ularning tavbasini qabul qildi. Bu insoniyat tomonidan sodir etilgan birinchi xato ish shu bilan nihoyasiga yetdi va bu voqeadan koʻplab ibratlar qoldi.

Odam alayhis-salom va Iblis bilan sodir boʻlgan voqeadan bilib olamizki, yalangʻochlik va ochiq-sochiqlik inson tabiatiga va sogʻlom fitratiga zid boʻlgan yomon ishlardir.

Chunki Alloh taolo:

فَوَسْوَسَ لَهُمَا الشَّيْطَانُ لِيُبْدِيَ لَهُمَا مَا وُورِيَ عَنْهُمَا مِن سَوْآتِهِمَا

“Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi”(Aʼrof surasi 20-oyat)dedi. Yana aytdiki:

يَا بَنِي آدَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ كَمَا أَخْرَجَ أَبَوَيْكُم مِّنَ الْجَنَّةِ يَنزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْآتِهِمَا

“Ey Odam bolalari, shayton ota-onangizni oʻzlariga avratlanini koʻrsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin” (Aʼrof surasi 27-oyat) dedi. Yana aytadiki:

يَا بَنِي آدَمَ قَدْ أَنزَلْنَا عَلَيْكُمْ لِبَاسًا يُوَارِي سَوْآتِكُمْ وَرِيشًا ۖ وَلِبَاسُ التَّقْوَىٰ ذَٰلِكَ خَيْرٌ

“Ey Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni toʻsadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana oʻsha yaxshidir”( Aʼrof surasi 26-oyat) dedi.

Yuqoridagi oyatlardan bu masalaning ahamiyati, sogʻlom fitratdan ekani bilinadi. Libos kiyish, uyat joylarni berkitish inson ziynati, koʻrkidir. Alloh taolo aytganidek, liboslarning eng afzali – taqvo libosidir. “Taqvo libosi – ana oʻsha yaxshidir” Agar oddiy libos badanning avrat joylarini toʻsib, jismni ziynatlasa, taqvo libosi maʼnaviy avratlarni toʻsib, inson qalbini ziynatlaydi. Insonning sogʻlom fitrati badaniy va maʼnaviy avratlarning ochilib qolishidan nafratlanadi.

Yalangʻochlik, ochiq-sochiqlik hayvon tabiatidir. Inson bu narsaga moyil boʻlmaydi, ochiq-sochiqlikni ham chiroy deb bilmaydi, faqatgina insoniylik martabasidan qulaganlargina buni xohlaydi.

“KOʻKALDOSH” TOSHKENT OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI

4- KURS TALABASI UBAYDULLAYEV AZAMAT  UBAYDULLOXON OʻGʻLI

What you can read next

Фаришталарга иймон келтириш ҳақида
Фаришталарга иймон келтириш ҳақида
ТАҲАЖЖУД НАМОЗИНИ АЛБАТТА ЎҚИНГ!
Тунги намозга доир тавсиялар
Vijdon erkinligining taʼminlanishi - tinchlik va totuvlik asosi
Vijdon erkinligining taʼminlanishi – tinchlik va totuvlik asosi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP