SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Togʻlar bagʻridan ilm choʻqqisiga: gʻelonlik talabaning zafar yoʻli
02.05.2026 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Togʻlar bagʻridan ilm choʻqqisiga: gʻelonlik talabaning zafar yoʻli

Inson irodasi va ilmga boʻlgan sadoqati har qanday masofani yaqin, har qanday qiyinchilikni imkoniyatga aylantira oladi. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi, purviqor togʻlar bagʻrida joylashgan, shahardan ancha olis Gʻelon qishlogʻi — oʻzining mehnatkash va matonatli insonlari bilan tanilgan.

2003-yilning 5-sentabrida ushbu qishloqda, halol dehqonchilik bilan roʻzgʻor tebratadigan oddiy bir xonadonda Ilhom Baxtiyorov dunyoga keldi. Uning bugungi yutuqlari zamirida togʻ havosidek pokiza niyat va halol mehnatning tafti bor.

Ilhom qishloqdagi 1-sonli maktabda oʻqib yurgan kezlaridanoq tengdoshlaridan ilmga boʻlgan oʻzgacha ishtiyoqi va namunali axloqi bilan ajralib turardi. Oilaviy sharoitining oʻrtaholligi, ota-onasining daladagi ogʻir mehnati uni yanada masʼuliyatli boʻlishga undadi. U maktab davridayoq nafaqat fanlarni oʻzlashtirishda, balki oʻzining bosiqligi va odobi bilan ustozlari nazariga tushdi. «Faqat ilm va chiroyli odob bilan ota-onamning ishonchini oqlayman», degan qatʼiy qaror uning hayotiy shioriga aylandi.

2022-yil Ilhomning hayotida ulkan bir eshik ochildi. Koʻhna va tabarruk Koʻkaldosh madrasasida oʻqish orzusi uni poytaxtga yetaklab keldi. Qabul imtihonlarida (mandatda) yuksak natija koʻrsatib, talabalar safiga qabul qilingani uning niyati xolis ekanidan dalolat edi.

Koʻkaldosh madrasasidagi taʼlim jarayoni Ilhom uchun haqiqiy hayot maktabiga aylandi. Bu yerda u nafaqat kitobiy bilimlarni egalladi, balki ustozlarning otalarcha gʻamxoʻrligi va duolari ostida kamol topdi.

Madrasa mudarrislarining har bir darsga masʼuliyat bilan yondashishi, talabaning har bir xatosini erinmay tuzatishi va tunda bedor boʻlib shogirdlar kamoli uchun chekkan zahmatlari Ilhomning qalbida ilmga boʻlgan muhabbatni yanada alanga oldirdi.

Ilhom madrasada oʻzining aʼlo baholari, darslarga boʻlgan jiddiy yondashuvi va xushaxloqligi bilan namunali talabaga aylandi. Uning uchun har bir saboq muqaddas, har bir ustoz oʻgiti bebaho edi.

🥇Bugun Ilhom Baxtiyorov — “Yagona olimpiada – 2026” respublika bosqichining mutloq gʻolibi. Oʻsha togʻli qishloqdan chiqqan, dehqon farzandi bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi va yurtimizdagi istalgan nufuzli oliy diniy muassasalaridan biriga imtihonsiz grand asosida kirish huquqini qoʻlga kiritdi.

Bu natija shunchaki bir talabaning yutugʻi emas. Bu — Gʻelon qishlogʻining gʻururi, Koʻkaldosh madrasasi bergan taʼlimning mahsuli va ustozlar zahmatining mevasidir. Oddiy va samimiy hayot yoʻli bilan boshlangan bu hikoya bugun ilm ahli orasida yuksak eʼtirof etilmoqda.

“Farzandimning yutugʻi — bizning halol mehnatimiz va duolarimizga berilgan mukofotdir”, — deb shukrona aytayotgan ota-onaning quvonchi bugun butun jamoamizning quvonchidir.

Ilhom Baxtiyorovning bu zafari barcha tengdoshlari uchun: «Qayerda va qanday sharoitda boʻlishingdan qatʼi nazar, ixlos va mehnat boʻlsa, Alloh choʻqqilarni nasib etadi», degan buyuk bir darsdir.

Alloh taolo talabamizning ilmini ziyoda, yoʻlini esa doimo xayrli qilsin!

©️ Abdur Rahmon Mansur
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi

What you can read next

Аллоҳ таолонинг юлдузлар ва бошқа нарсалар билан қасам ичиши (Шамоилул Мустафо)
Axborot asrida fitna va mish-mishlar: Xabarni tekshirish masʼuliyati
Илм ва унинг аҳлига етаётган мусибатлардан бири
Илм ва унинг аҳлига етаётган мусибатлардан бири

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP