Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
4-hadis
Ahmad choʻponning yuragi dardu alamga toʻla edi. Daxshatli urush yillarida u koʻp narsasidan judo boʻldi. Ayoli vafot etdi soʻngra oʻgʻli bedarak yoʻqoldi. Oʻzi ham shahardagi ishidan ayrilgach chekka bir qishloqda choʻponlik qila boshladi. Kunlardan bir kuni Ahmad choʻpon katta yoʻl chetida qoʻylarini oʻtlatib yurgan edi. Shunda u bir bemor oʻsmir yigitni shaharga olib ketayotgan odamlarni koʻrib qoldi. Koʻrinishidan bu oʻsmir oʻzidan ham faqirroq edi. Buni u yigitning egnidagi oʻta yupun kiyimdan bilib olish qiyin emasdi. Bechora yigit sovuqdan dir-dir titrar edi. Shu chogʻda Ahmad choʻpon ustidagi uzoq yillardan buyon kiyib yuradigan eski choponini yechib yigitning yelkalariga tashladi. Odamlar oʻsmir yigitni shifoxonaga olib ketishdi.
Shifoxonaning uzun yoʻlakchasidagi oʻrindiqda ogʻriqdan ingrab oʻtirgan yigit ortidan yelkasiga kimningdir “ota” deya qoʻl tashlaganidan choʻchib ortiga oʻgirildi. Uning ortida oʻrta yoshli bir notanish kishi turardi. Bu kishi ushbu kasalxonada bogʻbon boʻlib ishlar edi. U ortiga qaragan bolani koʻrib ajablandi va: “Kechirasiz, sizning egningizdagi chopon xuddi men bir necha yillardan buyon qidirib yurgan otamning choponiga oʻxshar ekan. Men sizni otam deb oʻylabman, ming bor uzur” , dedi. Bola undan otasi haqida soʻrab-surishtirdi. Koʻp oʻtmasdan u kishining otasi Ahmad choʻpon ekanligi maʼlum boʻldi. Oʻsmir yigit shifoxona xizmatchisiga adashmaganini, ushbu chopon haqiqatda uning otasining choponi ekanligini aytdi. Shifokor koʻrigidan soʻng ular ikkisi birgalikda qishloqqa qaytishdi.
Ushbu hikoya Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari naqadar haqiqat ekanligiga misol boʻladi:
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






