SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
El-u yurtga hamdam boʻlib yashash saodati
28.12.2022 / Bo‘limda Maqolalar

El-u yurtga hamdam boʻlib yashash saodati

NUQTAYI NAZAR

Joriy yilning 20-dekabr sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi boʻlib oʻtgan kun sifatida tarix sahifalariga muhrlandi. 

2017-yildan anʼana tusiga kirgan murojaatnomada mamlakat rahbari tomonidan davlat boshqaruv tizimi, ijro hokimiyati, ijtimoiy sohadagi eng dolzarb yoʻnalishlarni qamrab olgan masalalar, inson qadrini ulugʻlash, uning haq-huquqlarini taʼminlashda davlat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish boʻyicha vazifalar, fuqarolar farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida nafaqat yurtimiz, balki jahon hamjamiyatiga ham eʼlon qilinadi. Shuningdek, murojaatnomada mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida yilga maxsus nom ham beriladi. Shu nuqtai nazardan, mazkur murojaatnoma yurtimiz taraqqiyoti yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu dasturulamal hujjat davlat boshqaruvining oliy organi boʻlgan Oliy Majlis bilan bir qatorda, Oʻzbekiston xalqiga ham qaratilgani uning ahamiyati naqadar yuqori ekanini koʻrsatadi. Bu mamlakatda demokratik fuqarolik jamiyatini qurish jarayoni yangi bosqichga koʻtarilayotgani, shuningdek, davlat rahbarining xalqqa boʻlgan ishonchi, jamiyat hayotining turli sohalaridagi tub islohotlarni xalq bilan birga amalga oshirishga intilishini namoyon etuvchi muhim omildir.

Murojaatnomaning avvalida iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari, jamiyat taraqqiyoti va farovonligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilgan ijobiy oʻzgarishlar atroflicha tahlil qilinib, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish orqali fuqarolarning huquqlarini taʼminlash mexanizmlarini isloh qilish tashabbusi bildirildi.

Davlat vakillari oʻzining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerakligi alohida urgʻulandi. Prezidentimiz Imom Moturidiy bobomizning: “El-u yurt bilan hamdard boʻlib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga boʻlgay”, degan hayotiy hikmati har bir vazir, har qaysi rahbarning ongi, qalbi va harakatida muhrlanishi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga oid masalalar davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan ekani taʼlim muassasalariga eʼtiborni kuchaytirish lozimligi qayd etildi. Jumladan, davlat rahbari 2023-yilda 70 ta yangi maktab qurish, 460 ta mavjud maktabni kengaytirish, xususiy investitsiya mablagʻlari hisobidan 100 ta maktab barpo etish hamda keyingi besh yil ichida bunday maktablar sonini mingtaga yetkazish zarurligini taʼkidladi. Ayniqsa, oʻrta maxsus taʼlim tizimiga Yevropa kasbiy taʼlim standartlarining tatbiq etilishi yurtimizda taʼlim sifatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi. 

Binobarin, mazkur tizimda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan keng koʻlamli ishlar jamiyat taraqqiyotida taʼlimning oʻrni va ahamiyatiga qanchalik ulkan eʼtibor qaratilayotganini koʻrsatadi. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinlashib kelayotgan 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berish haqidagi taklifi butun oʻzbek xalqi tomonidan iliq kutib olindi. Bu esa, oʻz navbatida, barcha davlat organlarining asosiy ish faoliyati inson qadrini yanada yuksaltirish hamda yurtimizda taʼlim sifatini tubdan oʻzgartirishga yoʻnaltirilishini anglatadi. 

2023-yilda mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim yoʻnalishlar haqida toʻxtalib oʻtar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev oldimizda turgan bir qator dolzarb vazifalarga doimiy eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Jumladan, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlash, “jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi ostida islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini xalqqa yetkazish, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy kabi islom sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qoʻshgan mutafakkir allomalarning hayoti va ilmiy merosini chuqur oʻrganish, toʻgʻri yoʻldan adashib, turli buzgʻunchi oqimlar taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni sogʻlom ijtimoiy hayotga qaytarish yuzasidan bildirilgan takliflar mamlakatda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish hamda mutlaqo yangi bosqichga koʻtarish uchun muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilishi muqarrar. 

Xususan, mamlakat rahbarining “Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab oʻtmayapti. Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm gʻoyalariga berilganlar boʻlishi mumkinmi?! 

Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashiga yoʻl qoʻymaymiz”, degan gaplari har birimizni chuqur mushohadaga chorlaydi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar koʻp asrlik boy ilmiy-tarixiy merosimizni oʻrganish va keng targʻib qilishga, shu bilan bir qatorda, uzoq yillar islom diniga eʼtiqodda yashayotgan xalqimizning diniy maʼrifatini yuksaltirishda ham muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlili diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyat samaradorligini yanada oshirish va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo qilmoqda. 

Yetakchi xorijiy ekspert va ilmiy jamoatchilik tomonidan Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ijobiy oʻzgarishlarga bildirilayotgan ijobiy munosabatlar, shubhasiz, yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar xalqaro maydonda yuksak eʼtirof etilayotganining amaliy ifodasidir. 

Shu nuqtayi nazardan, malakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yoshlarimiz davlat rahbari rahnamoligida uchinchi renessansga asos solishlariga, shu asosda Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari safiga olib kirishlariga qatʼiy ishonamiz.

Umuman murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi lozimligi aniq belgilab berildi. Ular barcha jabhalar qatori diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilib, yurtimizda millatlararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu sababli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi nafaqat yurtimizda, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqelik sifatida katta qiziqish bilan kutib olindi. 

Jamoliddin KARIMOV,

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Manba: “Xalq soʻzi” gazetasi 2022-yil 24-dekabr, 275-son

What you can read next

ҚОЗИЛАРНИНГ ҚОЗИСИ
Қозиларнинг қозиси
Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир
Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир
“МУҲАММАД СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМ – ИККИ ОЛАМ САРВАРИ” АСАРИ “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ташқи кўринишларига эътиборлари”
“МУҲАММАД СОЛЛАЛЛОҲУ АЛАЙҲИ ВАСАЛЛАМ – ИККИ ОЛАМ САРВАРИ” АСАРИ “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ташқи кўринишларига эътиборлари”

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP