SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Oilaning buzilishiga olib boruvchi baʼzi omillar
01.07.2022 / Bo‘limda Maqolalar

Oilaning buzilishiga olib boruvchi baʼzi omillar

Hozirgi kunda yosh oilalarni buzilib ketishiga sabab boʻladigan oddiy omillar bu muqaddas oilani paro kanda boʻlishiga arzimaydi. Biz oilamizda oʻsib kelayotgan yoshlarimizga kata eʼtibor berishimiz zarur.Oilani buzilishi bir necha sabablar bor. Ulardan biri er-xotinlarga oila haqida  bilimning yetishmasligidir.

Menimcha, bu borada birinchi oʻrinda turadigan omil oilaviy hayot, er-xotin oralaridagi munosabatlar va oila yuritish boʻyicha madaniyatning yetishmasligi boʻlsa kerak. Toʻgʻrisini aytadigan boʻlsak, oʻsib kelayotgan yoshlarga, boʻlgʻusi kelin va kuyovlarga turmush madaniyatini oʻrgatish tushuntirish kerak.

Jamiyatimizda kelin-kuyovlikka nomzod yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini tartib bilan kerakli hajmda va saviyada yoʻlga qoʻyishimiz juda ham zarur. Bu masalaga jamiyatimiz ulamolari oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib kelmoqdalar . Boshqa sohalarning mutaxassislari ham oʻz yoʻnalishlari boʻyicha kerakli harakatni qilishlari, chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim. Bu borada taʼlim va maslahatlar taqdim qiluvchi oʻquv markazlari koʻpaysa, yana ham yaxshi boʻladi.

Albatta, oila, uni qurish, uni tutish, oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlari qanday boʻlishi kerakligi va boshqa zarur narsalar haqida dinimiz oʻz  taʼlimotlarini bayon qilib qoʻygan. Alloh taoloning kalomi Qurʼoni karimda bandalarga oilada erkak va ayolning haq va majbruyatlari xususida koʻplab oyatlar nozil boʻlgan. Niso surasining 19-oyatida Alloh taolo erkaklarga oʻz zavjalari bilan qanday yashashlari lozimligi haqida buyura turib quyidagicha marhamat qiladi:

 وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ

“Ular (juftlaringiz) bilan tinch-totuv yashang”.

Oila munosabatlari borasida bir qancha hadislar ham vorid boʻlgan boʻlib ularning birida shuday marhamat qilinadi: “Sizlarning eng yaxshilaringiz ahliga yaxshi boʻlganingizdir”.   Shu kabi diniy taʼlimotlardan bexabarlik  oilaviy noxushliklar va muammolarga olib keladi. Shuning uchun oila toʻgʻrisida er-xotin yetarli bilimga ega boʻlishi lozim.

Albatta, har bir narsani tushunib yetib, bilim asosida olib borish koʻp yaxshiliklarning manbai boʻladi.“Oila -bu muqaddas dargoh”ekanligi hammaga maʼlum. Shuning uchun bu munosabatlarga jiddiy qarash va ularni yuqori saviyada tutishga harakatda boʻlishimiz lozim. Aynan shuning uchun ham farzandlarimizni oilaviy hayotga yoshliklaridan oʻrgatib borishimiz, bu borada moddiy taraflariga eʼtibor berib, maʼnaviy taraflarini unutib qoʻymasligimiz zarur. Hozirda bizning jamiyatimizda oilaga qaratilayotgan eʼtibor juda katta.

Bitiruvchi kurs talabasi Oxunov Jasur

What you can read next

Фиқҳ ул-акбар (4-қисм)
Фиқҳ ул-акбар (4-қисм)
Муштарак намозда аёл ва эркак намозхонларнинг баробар туриб қолиши
Муштарак намозда аёл ва эркак намозхонларнинг баробар туриб қолиши
Умар ибн ал-Хаттоб розияллоҳу анҳунинг бир неча оятларга мувофиқ айтган гаплари
Умар ибн ал-Хаттоб розияллоҳу анҳунинг бир неча оятларга мувофиқ айтган гаплари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP