SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Muzoraba
10.05.2022 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Muzoraba

“Muzoraba” sherikchilikning maxsus turi boʻlib, unda bir sherik ikkinchi tomonnig tijoratiga sarmoya kiritish maqsadida pul berib sherikchilik qiladi. Sarmoya kiritish “Rabbul- mol”deb ataluvchi birinchi sherik tomonidan amalga oshirilsa, ish yuritish “muzorib” deb ataluvchi ikkinchi tomonning majburiyati hisoblanadi.

Muzoraba va mushoraka quyidagi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.

1.Mushorakada sarmoya barcha sheriklar tomonidan kiritilsa, muzorabada esa bu faqat rabbul-molning vazifasi hisoblanadi.

2.Mushorakada sheriklar ish boshqarish va yuritishda qatnashishi mumkin, ammo muzorabada biznes boshqaruv faqat muzorib tomonidan olib boriladi va rabbul-molning bunga haqi boʻlmaydi.

3.Mushorakada koʻrilgan zarar barcha sheriklar kiritgan sarmoyalarning ulushiga munosib ravishda boʻlinadi. Muzorabada esa muzorib sarmoya kiritmagani uchun zarar rabbul-mol zimmasida boʻladi. Muzoribning koʻrgan zarari uning qilgan mehnati foydasiz tugallanganligi bilan cheklanadi. Ammo ushbu holatda muzorib oʻsha turdagi tijorat faoliyati talab qiladigan barcha choralarni qoʻllagan boʻlishi lozim. Agar u oʻz vazifasini suuisteʼmol qilib insofsizlik qilgan boʻlsa, koʻrilgan zarar uning zimmasiga yuklanadi.

4.Mushorakada sheriklarning majburiyatlari, odatda cheklanmagan boʻladi. Shu sababli agar sherikchilik tijoratining majburiyati uning aktivlari qiymatidan oshib ketsa va tijorat “likvidasiya” (nolikvid aktivlarni naqd pulga sotib, tijorat faoliyatini tugatish) orqali tugatilsa qoʻshimcha majburiyatlar, yaʼni qoplanmagan qarzlar sheriklarning ulushlariga muvofiq ravishda boʻlinib qoplanadi. Agar sheriklar tijorat faoiyati davomida hech bir tomon qarzdor boʻlmaslik shartini kelishib olgan boʻlsalar, unda qarzdorlik majburiyati ushbu shartni buzgan sherik zimmasiga tushadi. Muzorabada esa rabbul-mol muzoribga uning nomidan  qarz olishga ruxsat bermagan boʻlsa rabbul-molning majburiyati u kiritgan sarmoyadan ortiqcha boʻlmaydi.

5.Mushorakada sheriklar oʻz sarmoyalarini oʻrtadagi kapitalga qoʻshib yubor-ganlaridan keyin sheriklar ulushlar munosibligi boʻyicha sherikchilikni umumiy mulkiga birgalikda egalik qiladilar. Shu sababli sheriklar hali savdo amalga oshmasdan ham oʻrtadagi mulkning qiymati oshishi bilan foyda koʻrishlari mumkin.

Muzorabada bu holat tamoman farq qiladi. Bunda muzorib tomonidan sotib olingan barcha mahsulotlar rabbul-molga tegishli boʻladi va muzorib ushbu mahsulotlarni foydaga sotgandagina koʻrilgan foydadan oʻz ulushini daʼvo qilishi mumkin. Mulk robbul-molga tegishli boʻlgani uchun muzorib mulking qiymati oshishidan koʻrilgan foydadan ulush olishga haqli boʻlmaydi.  
Mirzayev Kamoliddin Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi

What you can read next

Сингапур Президенти Ҳадис мактаби тингловчилар билан суҳбатлашди
Сингапур Президенти Ҳадис мактаби тингловчилар билан суҳбатлашди
Ҳадиси қудсий ва уни исломдаги ўрни
Ҳадиси қудсий ва уни исломдаги ўрни
КОНСТИТУЦИЯМИЗДА БАҒРИКЕНГЛИК ТАМОЙИЛЛАРИНИНГ АКС ЭТИШИ
Конституциямизда бағрикенглик тамойилларининг акс этиши

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP