SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
21.11.2018 / Bo‘limda Maqolalar, Yangiliklar

Xalq maqollarining tarjima asarlarda ishlatilishi

 

Maʼlumki, badiiy asar tarjimasi asliyatni boshqa adabiy til vositalari bilan qaytadan yaratish sanʼati hisoblanadi. Qayta yaratilgam ijod mahsuli boʻlgan muayyan asar asliyatga aynan oʻxshamasligi tabiiy hol. Tarjimonning bilimi va uslubiy mahorati asliyatdan oʻgirilgan asarning estetik qiymatini qay darajada saqlanib qolishini belgilovchi subʼyektiv omildir. Ayni chogʻda, tarjimaning aniqligi uning estetik qiymati nuqtai nazaridan asliyatga qanchalik yaqinligiga qarab belgilanadi.

Tarjima asarning muvaffaqiyati tarjimon mahoratiga, yaʼni uni kitobxonga yetkaza olish qobiliyatiga ham bogʻliqdir. Bunda asar xususiyatini boshqa tilda aks ettirish bilan bogʻliq boʻlgan bir qator qiyinchiliklar mavjud. Bu asosan, asardagi tematik milliy oʻziga xos soʻzlar tarjimasida koʻrinadi. Milliy oʻziga xos soʻzlar xalqning milliy xususiyatlarini  aks ettiradi. Ular asarning milliy ruhini, millat tiynati (mentaliteti)ni ifoda etadi, turli uslubiy vazifalarni bajaradi, voqea-hodisalarni  toʻgʻri tasvirlashga yordam beradi.

Sharq adabiyotining eng noyob durdonalaridan biri sifatida eʼtirof etilgan “Ming bir kecha” arab xalq ertaklarining ingliz tilida amalga oshirilgan tarjimasi xususida koʻplab fikrlar keltirish mumkin.

Avvalo, shuni aytib oʻtish zarurki, yodgorlikning asliyatdan jahonning turli tillariga qilingan tarjimalarida asarda keltirilgan sharq xalqining oʻsha davrga mansub turli urf-odatlari, yashash va turmush tarzi, koʻplab turli, hodisa va tushunchalarini toʻgʻri bayon etishga erishilgan.

Undagi oʻnlab ertaklarda ijtimoiy hayotning turli manzaralari ishonarli gavdalantirilib berilgan. Asar yuzasidan amalga oshirilgan oʻzbek, rus va ingliz tillariga tarjimalarda asosan, transliteratsiya va muqobil ekvivalent usullaridan keng foydalanilganligi koʻrinadi.

Arab xalq ertaklari turkumiga kiritilgan “Bir soatlik xalifa” toʻplami tadqiqotlar natijasi oʻlaroq,  “Ming bir kecha”ning “unutilgan sahifalari”  deya eʼtirof etiladi.[1] Ushbu kitobga kiritilgan “Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat” ertagi oʻzbek tiliga atoqli adib Abdulla Qahhor tomonidan oʻgirilgan. Asarning ingliz tiliga tarjimasi esa Jon Peyn va Ser Richard Byorton qalamlariga mansubdir.

Badiiy asar qimmatini oshiruvchi xalqona oʻtkir iboralar, maqol va matallar Abdulla Qahhor tarjimasi vositasida yuksak estetik qimmatga ega manbaga aylanadi. Chunonchi, amalga oshirilgan bevosita tarjimada soʻzlarning mos ekvivalentini berishda asliyatdagi uslubni qayta yaratish, milliy oʻziga xoslikni tarjimada namoyon qilishdagi muvaffaqiyatni taʼminlaydi.

“Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat” ertagida oʻndan ortiq arab maqollari qoʻllanilgan va bu maqollar tarjimon bilim va saviyasi darajasiga koʻra uslubiy mahorat kasb etadi.

Masalan, asarda qoʻllanilgan “har qanday ot ham qoqiladi, qilich qoʻldan chiqib ketadi” maqoli sof arab maqollaridan biri sifatida asar syujetidagi muayyan hukmni belgilab berishga xizmat qildiriladi.

Maʼlumki, Abdulla Qahhor qalamiga mansub ushbu tarjima rus tilidan oʻgirilgan. Shu sababli eʼtiborimizni asarning Mixail Salye ijodiga tegishli ruscha versiyasiga va syujetining ayni shu oʻrniga qaratsak:

“Тут Али баба понял, что причина раскрытия его тайны и обнаружения его богатства – скудоумие жены, которая пожелала перемерить золото и что он сделал ошибку, послушавшись её, но какой конь не спотыкается и какой клинок когда ни будь не отскочит? Он сообразил, что исправить оплошность можно только сделав тайное явным, и что правильно будет ничего не скрывать и осведомить брата о случившемся. Во всяком случае раз денег так много, больше чем может исчислить мысль и воображение, то его доля не уменьшится, если он поделится с братом  и они станут владеть ими сообща”.

Aynan shu asarning Abdulla Qahhor qalamiga mansub oʻzbekcha versiyasidagi oʻrinlarni kuzatsak:

“Ali bobo sirining oshkor boʻlishiga xotinining beaqlligi sabab boʻlganini, uning gapiga kirib, xato ish qilganini fahmladi, lekin nachora, har qanday ot ham qoqiladi, qilich qoʻldan chiqib ketadi. Ali bobo bu xatoni tuzatmoq uchun birdan-bir chora sirni yashirmaslik, boʻlgan voqeani roʻy-rost aytish kerak, deb oʻyladi. Modomiki, pul bu qadar behisob ekan, bir qismini ukasiga bersa, bu boyligiga ukasini sherik qilsa, ikkovi umr boʻyi yeganda ham pul tamom boʻlmaydi.”

Ushbu asarning inglizcha tarjimasiga eʼtibor qarataylik:

“Ali baba recognized that, because of his wifeʼs eagerness, their secret had been revealed. Since he trusted his brother, he told him the whole story of the cave and the robbers”.

Rus, oʻzbek va ingliz tillaridagi ushbu tarjima matnlardan koʻrinadiki, inglizcha versiyada mazkur arab xalq maqolining ekvivalenti yohud tarjimasi mutlaqo qoʻllanmagan.

Mohir tarjimon Abdulla Qahhor ushbu asar tarjimasi borasida oʻz uslubiy taktikasi haqida soʻzlar ekan, M.Salye tarjimasining “arab tilidan aynan oʻgirilgan” deya eʼtirof etib, quyidagilarni bayon etadi:

1.Men ruscha tarjimasi asl nusxaga yaqin deb tarjimada shunga qattiq rioya qiladigan boʻlsam, kitobda juda koʻp uchraydigan, mana bu xildagi satrlar oʻzbekchada qanday chiqar ekan, degan hayolga bordim, chunonchi:

“И она когда возвращалась с рынка, красный знак не укрылся от неё, а наоборот, её взгляд упал на этот значок и она хорошо его увидела”.

2.Kitobda bu xildagi qatma-qat jumlalardan tashqari kitobxonni ortiqcha ovora qiladigan yaxlit takrorlar ham koʻp uchraydi. Shu xildagi takrorlar olib tashlansa, kitobning mazmuniga zarar yetarmikan?[2]

Men mana shularni eʼtiborga olib tarjimada ruscha nusxaga qattiq rioya qilmadim, kitobxonga qulay boʻlsin uchun qatma-qat jumlalarni siqishtirdim, takrorlarni qisqartirdim, oʻquvchini shunhaga soladigan joylarini olib tashladim. Bu narsa afsonaning mazmuni va uslubiga hech qancha ziyon yetkazmasa kerak, deb oʻylayman.[3]

“Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat” ertagida qoʻllangan xalq maqollari va matallarining tarjimasida ham mutarjimning yuksak badiiy mahoratini kuzatish mumkin.

Avvalo, aytish zarurki, nazmiy parchalarga kiritilgan matallar E.Vohidov tarjimasiga mansubdir. M.Salye ruscha tarjimada arab tilidan nazmiy parchalardan oʻrin olgan matallarning tub mohiyatini saqlab qolishga erishgan. Shoir E.Vohidov ham ayni mana  shu pozitsiyaga sodiq qolgan holda, matallar qatnashgan misralarning mazmunini saqlagan holda, soʻz sanʼatining eng nozik badiiylik mahoratini namoyish eta bilgan. Asarning rus va oʻzbek tillaridagi quyidagi matallariga eʼtibor beraylik:

RuschaOʻzbekcha
–Erur izzatda nodon ahli davlat,

Alar oldida donish ahlidir xor.

Вы говорите: клад – премудрость книг.

Хотел бы я отдать её в заклад.

Degaylar kitobingdur xazinang,

Kitoblarni soturman qayda bozor?

Рычат на нищих уличные псы.Gadolarga itlar ham berar ozor.

Asarning Jon Peyn tarjimasidagi inglizcha nusxasida esa, nazmiy parchalar va ulardagi keltirilgan matallar mutlaqo tarjimaga olib oʻtilmagan.

Endi esa “Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat” ertagida qoʻllangan xalq maqollarining rus, oʻzbek va ingliz tillariga tarjimasi borasida ayrim kuzatishlarni havola etish maqsadga muvofiqdir.

 

№RusOʻzbekIngliz
1Умение хранить тайны – качество праведныхSir saqlamoq avliyolar xislatidir.–
2Деньги – стрела, бьющая в цель, и ходатай, которому не откажешьPul – nishonga tegadigan oʻq va soʻzi oʻtkir dalloldir.

 

–
3Приют и уют брату, посетившему насMehmon – atoyi XudoYou must do me the honor of coming into the house and spending the night.
4Убить кого то отведав его соли, будет слишком гадко и гнусноOdamning tuzini yeb uni oʻldirish qabohatdir.

 

–
5Не спешите подозревать кого то в дурном умысле, чтобы не покарало вас за это раскаяниеSoʻnggi pushaymon – oʻzingga dushman–

Asliyatdan oʻgirilgan ruscha tarjimada M.Salye mahorati namoyon boʻlgan boʻlsa, oʻzbek tilidagi Abdulla Qahhor tarjimasida arab maqollarining aynan mohiyatini saqlab qolish adib ijodiy mahoratidagi muhim qirralarini koʻrsatib beradi.

Ingliz tilidagi mazkur asar tarjimasida esa, xalq maqollari deyarli kiritilmaganligi ajratiladi.

Yuqoridagi kuzatishlardan koʻrinadiki, Abdulla Qahhor nafaqat buyuk yozuvchi, balki u buyuk tarjima ustasi sifatida ham adabiyotimiz ravnaqida munosib iz qoldirgan adibdir. Sharq adabiyotining durdonalaridan biri “Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat” asaridagi arab xalqi mentalitetining oʻziga xos xususiyatlari, soʻz sanʼati jozibasini mujassam etgan xalq maqollarining tarjima asarga aynan, jonli va taʼsirchan olib kirilgani tarjimon mahoratini belgilovchi mezon sanaladi. Abdulla Qahhor esa, bu talabni toʻlaqonli ado eta olgani bilan oʻzbek tarjimashunoslik maktabida munosib iz qoldirgan ijodkor sifatida hamisha ardoqli adib boʻlib qolaveradi.

 

Adabiyotlar

  1. “Proverbs, Maqollar, Пословицы” T, “Mehnat” nashriyoti, 2000y.
  2. Sayramov T. Asliyat va tarjimada badiiy mahorat. // Filologiya masalalari, 2009 yil, 3-4 son, 64-bet
  3. Xolbekov M. Tarjima nazariyasi. // Filologiya masalalari, 2009 yil, 1-son, 49-bet
  4. “Ali bob ova qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat” manba: “Bir soatlik xalifa”T, G`.Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1967y.
  5. M.Salye “Халиф на час”
  6. “Ali baba and forty thieves”. Dell publishing CO., INC. New York.1972. based on the translations of John Payne, “The book of the Thousand Nights and one night”
  7. Sir Richard Burton, “The book of the Thousand nights and a night”

 

 

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim

yurti mudarrisi Alisher Jahonov

 

[1] “Bir soatlik xalifa”.T.G`.Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1967y. 293-bet

[2] “Bir soatlik xalifa”267-bet

[3] “Bir soatlik xalifa”268-bet

 

What you can read next

Allohga taqvo qilish va goʻzal xulq
Allohga taqvo qilish va goʻzal xulq
Bilim yurtida yangi 2023-2024 oʻquv yili rejalari belgilab olindi
Bilim yurtida yangi 2023-2024 oʻquv yili rejalari belgilab olindi
Қуръони карим ва уни ўрганиш фазилатлар
Қуръони карим ва уни ўрганиш фазилатлар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP