SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh” madrasasi oʻqituvchisi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika anjumanida maʼruza qildi
29.10.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” madrasasi oʻqituvchisi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika anjumanida maʼruza qildi

“Koʻkaldosh” madrasasi oʻqituvchisi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika anjumanida maʼruza qildi (1)
“Koʻkaldosh” madrasasi oʻqituvchisi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika anjumanida maʼruza qildi (2)

Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida “Dolzarb aqidaviy masalalar va ularning ilmiy yechimlari” mavzusidagi birinchi shoʻba boʻlib oʻtdi. Shoʻbani Toshkent islom instituti kafedra mudiri, falsafa doktori (PhD) S.Primov olib bordi.

Mamlakatimizda ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish, sof islom aqidasini asrab-avaylash va yoshlarni turli yot gʻoyalardan himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir paytda mazkur shoʻbada koʻtarilgan masalalar ayni zamon talabiga hamohangligi bilan ahamiyatlidir.

Shoʻbada olimlar va tadqiqotchilar sunniylik manbalarida raddiyaga oid qarashlarning metodologik jihatlari, muhkam va mutashobeh oyatlar taʼrifi, Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosidagi diniy va eʼtiqodiy qarashlar, erkin iroda va determinizm muammosi, Alouddin Buxoriyning “Sharh al-fiqh al-akbar” asarida Yaratuvchiga oid eʼtiqodiy masalalar talqini kabi dolzarb mavzularda maʼruzalar qildilar.

Shoʻbada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi A.Abdullayev domla “Moturidiya taʼlimotining xususiyatlari va uning bugungi kundagi holati” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruzalarda vatandoshimiz Imom Moturidiy asos solgan taʼlimotning bugungi kundagi ahamiyati, aqidaviy masalalarni ilmiy asosda oʻrganish va ularni jamiyatga toʻgʻri yetkazish muhimligi alohida taʼkidlandi.

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: Yangiliklar

What you can read next

Мураккаб вазиятда оқиллик ва вазминлик билан иш тутайлик!
Мураккаб вазиятда оқиллик ва вазминлик билан иш тутайлик!
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз...” туркумидан
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз…” туркумидан 15- ҳадис
 Эҳсон хақида фикрингиз қандай?
 Эҳсон хақида фикрингиз қандай?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP