






Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan futbol musobaqasi oʻz yakuniga yetdi va gʻoliblar aniqlandi.
Yarim final va final bahslari qizgʻin kurash, chiroyli hujumlar va sportchilarga xos odob-axloq ruhida oʻtdi. Yoshlar maydonda jamoaviylik, intizom va oʻzaro hurmat namunasini koʻrsatdilar.
303-guruh jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 103-guruh vakillari ikkinchi oʻrinni egalladi.
Mukofotlash marosimida gʻolib va sovrindor jamoalar taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan faxrli yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Yoshlar sportini rivojlantirish, ularni sogʻlom turmush tarziga jalb etish davlatimiz yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Ushbu musobaqa ham yosh avlodni jismonan baquvvat, maʼnan yetuk va vatanparvar etib tarbiyalashga qoʻshilgan amaliy hissa boʻldi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va yangi gʻalabalar tilaymiz!
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati






