SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Qurʼoni karim va tajvid” kursining 76-davra mashgʻulotlari boshlandi
05.10.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Qurʼoni karim va tajvid” kursining 76-davra mashgʻulotlari boshlandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi, 76-davra mashgʻulotlari 2026-yil 5-oktabr kuni rasman boshlandi.
Yurtimizda vijdon erkinligini taʼminlash va diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida aholining diniy savodxonligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Taʼlim muassasasi qoshidagi mazkur kurs ham ana shu imkoniyatlarning amaliy samarasi boʻlib, shu kungacha koʻplab yurtdoshlarimiz unda Kalomullohni tajvid qoidalari asosida toʻgʻri va goʻzal tilovat qilishni oʻrgandi.
Yangi davra munosabati bilan tashkiliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda taʼlim muassasasi oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N.Djalolov, oʻquv kurslari boʻlimi boshligʻi J.Ismatov hamda oʻqituvchi L.Jamalov ishtirok etdi.

“Qurʼoni karim va tajvid” kursining 76-davra mashgʻulotlari boshlandi (1)
“Qurʼoni karim va tajvid” kursining 76-davra mashgʻulotlari boshlandi (2)
“Qurʼoni karim va tajvid” kursining 76-davra mashgʻulotlari boshlandi (3)
“Qurʼoni karim va tajvid” kursining 76-davra mashgʻulotlari boshlandi (4)

Yigʻilishda tinglovchilar yangi oʻquv davrasi bilan muborakbod etilib, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratildi:
🔺Qurʼoni karimni oʻrganish eng ulugʻ amallardan ekani. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning eng yaxshingiz Qurʼonni oʻrgangan va oʻrgatgan kishidir», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati);
🔺Diniy bilimni faqat qonuniy faoliyat yuritayotgan rasmiy taʼlim muassasalarida, malakali ustozlardan olish zarurligi;
🔺Yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va ilm olish uchun yaratilgan sharoitlarning qadriga yetish;
🔺Darslarga muntazam qatnashish, intizom hamda ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etish.

Alloh taolo tinglovchilarning ilm yoʻlidagi saʼy-harakatlarini barakali qilib, Kalomullohni oʻrganishlarini oson etsin, yurtimizni tinch, xalqimizni omon qilsin!

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: kurs, Yangiliklar

What you can read next

Qalamda vatan mehri, soʻzda millat gʻururi “Koʻkaldosh” madrasasida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi
Qalamda vatan mehri, soʻzda millat gʻururi “Koʻkaldosh” madrasasida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi
Bitiruvchi talabalar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi
Bitiruvchi talabalar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi
Шарафли ва масъулиятли сафар
Шарафли ва масъулиятли сафар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP