SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
1-oktabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi
30.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

1-oktabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

Ustoz — ilm nurini qalblarga yetkazuvchi, avlodlar tarbiyasiga umrini baxshida etgan zot. Yurtimizda bugun taʼlim-tarbiya sohasiga, ustoz va murabbiylar mehnatini qadrlashga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi Oʻzbekistonning ertangi kuni, Uchinchi Renessans poydevori aynan maʼrifatli ustozlar qoʻlida barpo etilmoqda.

Ana shu ezgu sana munosabati bilan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda muassasa direktori M.Erkayev, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari N.Jalolov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Gʻaniyev hamda muassasa oʻqituvchilari ishtirok etdi.

1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (1)
1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (2)
1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (3)

Soʻzga chiqqanlar ustozlarni kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etib, ularning yosh avlodni ilmli, odobli, Vatanga sadoqatli va mustahkam eʼtiqodli etib tarbiyalashdagi fidokorona mehnatini alohida eʼtirof etdi. Ustozlik — paygʻambarlar merosi ekani, ilm oʻrgatish esa eng sharafli amallardan biri ekani taʼkidlandi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Albatta, Alloh, Uning farishtalari, osmonlar va yer ahli, hatto inidagi chumoli va (suvdagi) baliqlar ham odamlarga yaxshilikni oʻrgatuvchiga salovot aytadilar» (Imom Termiziy rivoyati).
Tadbir davomida taʼlim-tarbiya jarayonidagi namunali faoliyati, shogirdlar kamolotiga qoʻshgan munosib hissasi uchun ustozlar I.Roʻziqulov, X.Erqulov, T.Karimov, N.Sharipov va M.Begimov muassasa rahbariyatining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (4)
1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (5)
1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (6)
1-OKTABR — OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI (7)

Tadbir koʻtarinki ruhda, samimiy muhitda oʻtdi. Muassasa jamoasi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sogʻlik, mehnatlarida baraka va zafarlar tilab qoladi.

Alloh taolo ustozlarimizning ilmlarini manfaatli, amallarini maqbul qilsin, shogirdlarini ularga sadaqai joriya aylasin!

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: Yangiliklar

What you can read next

“Тафаккур” интеллектуал ўйини
“Тафаккур” интеллектуал ўйини
Қурбонликдан мақсад – Аллоҳга бўлган тақвони намоён этиш
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар кенгашининг коронавирус (COVID-19) вабосининг кенг тарқалиши олдини олиш бўйича ФАТВОСИ
Ўзбекистонда “Имом Бухорий” давлат мукофоти таъсис этилади
Ўзбекистонда “Имом Бухорий” давлат мукофоти таъсис этилади

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP