SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Taloqning shariatga kiritilishi zarurati 1-qism
19.09.2026 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Taloqning shariatga kiritilishi zarurati 1-qism

Taloq – Alloh halol qilgan narsalar ichida Unga eng yoqimsizidir. Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Alloh nazdida halol narsalarning eng yomon koʻrilgani – taloqdir” (Abu Dovud, 2178).
Biroq taloq – nochorlik va zarurat yuzasidan qoʻllaniladigan choradir. U kasali kuchayib, hech qanday davo kor qilmay qolgan oilalar uchun belgilangan.
Taloq – Islom shariatidagi eng soʻnggi chora. U oiladagi tanglik er-xotinning oʻzi bilan cheklanib qolmay, jamiyatning boshqa aʼzolariga, xususan, farzandlarga taʼsir qilishining oldini olish uchun joriy etilgan.
Bunda Islomning taloqni joriy etishi shifokorning kasallik butun tanaga yoyilib ketmasligi uchun nochor holda zararlangan aʼzoni kesib tashlashiga oʻxshaydi.
Nizoli oilani davolashning ikki yoʻli:
Oiladagi nizoni hal qilishga ojizlik qilganimizda oldimizda ikki yoʻl qoladi.
Birinchisi – oʻzaro kelishmovchilik va doimiy janjal ichida yashayotgan er-xotinni bir oilada birga yashashga majburlash.
Ikkinchisi – ularga ajralishga ruxsat berish, yaʼni nikoh rishtalarining uzilishiga yoʻl qoʻyish. Shundan soʻng har biri mehr-muhabbat va iliqlik hukm suradigan yangi oila qura oladigan insonni izlaydi.
Koʻplab gʻayridin jamiyatlarda boʻlgani kabi, bir-biridan nafratlanadigan er-xotinga ajralish imkonini bermaslik va ularni birga yashashga majburlash jamiyatga katta zarar keltiradi.
Chunki oiladagi muammo kuchayib ketganda, u faqat er-xotinning oʻzida qolmaydi: farzandlarga ham oʻtadi, undan tashqari butun jamiyatga yoyiladi.
Zararning farzandlarga taʼsiri:
Bu taʼsir, avvalo, farzandlarga yetib boradi: ularning tabiati va feʼl-atvorini buzadi, ruhiyatida turli asoratlar qoldiradi hamda insonga xos ezgu tuygʻularini soʻndiradi.
Bolaning ajrashgan ota-onasi bilan yoki ulardan biri bilan yashashi, ota-ona birga boʻlsa-da, doimiy kelishmovchilik, janjal va nafrat hukm surgan oilada yashashidan koʻra kamroq zarar keltiradi.
Doimo janjallashadigan, bir-biridan nafratlanadigan ota-ona oʻrtasida bolani qanday qilib toʻgʻri tarbiyalash mumkin?!
Ota-onasining doimiy janjal ichida yashayotganini koʻrib turgan bola mehr-muhabbat va shafqat tuygʻusini kimdan oʻrganadi?!
Zararning jamiyatga taʼsiri:
Nizoli oilalar oʻz doirasidan chiqib, jamiyatning buzilishiga ham sabab boʻladi. Xotinini yomon koʻradigan erkak nima qiladi? U oʻch olish va nafsini qondirish uchun begona ayol bilan haromga qoʻl uradi. Xotin ham erining bu ishiga javoban xuddi shu yoʻlni tutishi mumkin. Natijada oiladagi illat tashqariga yoyilib, jamiyatdagi koʻplab insonlarga taʼsir qiladi.
Bundan tashqari, taloqni taqiqlash ayrim er-xotinlarni bir-biridan qutulish uchun hatto qotillikka ham undashi mumkin. Qonun chiqaruvchilarning oʻjarligi va jamiyat uchun nima foydali ekanini anglab yetmagani sababli buzuqlik va jinoyatchilik keng tarqaladi.
Alloh taolo haq soʻzni aytgan: “Alloh biladi, sizlar esa bilmaysizlar” (Baqara surasi, 232-oyat).
Uzoq vaqt taloqni taqiqlab kelgan, uni joriy etgani uchun Islomni qattiq tanqid qilgan koʻplab gʻayridin jamiyatlar ham oxir-oqibat taloqni tan olishga majbur boʻldi. Ularni bunga taqiq natijasida yuzaga kelgan zararlar va ogʻir jinoyatlar undadi.
Bu esa Islom qonunchiligining yuksakligiga, har narsani biluvchi, dono Alloh taoloning hikmati naqadar buyukligiga dalildir.
Islomda taloqning joriy etilish tartibi ham inson ishlab chiqqan hech bir qonunchilikda uchramaydigan tarzda belgilangan. Bu ham Alloh taoloning hikmati va rahm-shafqatidan dalolat beradi. Shuningdek, Islom oilaning saqlanib qolishiga, er-xotinlik hayotining sogʻlom va osoyishta boʻlishiga qanchalik katta eʼtibor berishini koʻrsatadi.

Davomi bor…

Kamoliddin domla Mirzayev“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi

What you can read next

Қуръони карим ёшлар ҳақида нима дейди?
ЁШЛАР ВА ОТА-ОНАГА ЯХШИЛИК ҚИЛИШ (иккинчи қисм)
Ёшларимизни интернетдаги мафкуравий таҳдидлардан асрайлик
Интернетнинг ёвуз тўрлари
Majallatul Ahkamul Adliyya asari: Muqaddima: savdo-sotiqqa tegishli fiqhiy istelohlar (atama) bayoni.
Savdo-sotiqqa tegishli fiqhiy istelohlar (atama) bayoni. ii-qism

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP