SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
25.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha (8-qism) Intizorlikdan daʼvatgacha

Birinchi vahiydan keyin bir muddat vahiy kelishida tanaffus boʻldi. Bu muddatning qancha davom etgani haqida turli qavllar bor: oʻn kun, oʻn besh kun, yigirma kun va qirq kun.
Mazkur davr “Fatratul-vahy” deb ataladi. Bu muddatning hikmatlaridan biri – Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vahiyga boʻlgan sogʻinch va ishtiyoqlari yanada kuchayishi uchundir. Shunday boʻldi ham: u zot bu muddat ichida keyingi vahiyni juda intizorlik bilan kutdilar.
Va nihoyat Alloh taolo butun borliqqa Islom nurini namoyon etishni iroda qildi, vahiy qayta tusha boshladi.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni yoʻlda ketayotganlarida nogahon osmondan bir ovoz eshitdilar va oʻsha tomonga qaradilar. Qarasalar, Hiro gʻorida huzurlariga kelgan farishta osmon bilan yer oʻrtasida kursida muallaq turibdi.
Shunda u zot birinchi uchrashuvdagi holatni eslab qoʻrqib ketdilar va darhol uylariga qaytdilar:

دَثِّرُونِي دَثِّرُونِي

– Meni yopib qoʻyinglar, meni yopib qoʻyinglar! – dedilar.
Shunda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi:

يَا أَيُّهَا الْمُدَّثِّرُ ﴿١﴾ قُمْ فَأَنذِرْ ﴿٢﴾ وَرَبَّكَ فَكَبِّرْ ﴿٣﴾ وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ ﴿٤﴾ وَالرُّجْزَ فَاهْجُرْ ﴿٥﴾ وَلَا تَمْنُن تَسْتَكْثِرُ ﴿٦﴾ وَلِرَبِّكَ فَاصْبِرْ ﴿٧﴾

Maʼnolar tarjimasi: “Ey burkanib yotgan! Tur va ogohlantir! Robbingni ulugʻla! Kiyimingni pokla! Azob (sababchisi)dan chetlan! Koʻp (ish) qilgan boʻlsang ham minnat qilma! Robbing uchun sabr qil!” (Muddassir surasi, 1-7-oyatlar). Ushbu voqea sahih hadisda bayon etilgan (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Uzoq uzilishdan soʻng vahiy yana kela boshlagach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yashirin tarzda daʼvat qila boshladilar. U zot insonlarni Alloh taoloning yagonaligiga, shirkni tark etishga va oxiratga imon keltirishga chaqirdilar.
Makkadagi dastlabki daʼvat davrida u zot eng avvalo oʻzlariga yaqin boʻlgan, haqiqatni qabul qilishga tayyor insonlarga Islomni tushuntirdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga birinchi boʻlib imon keltirgan zot Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho edilar. U kishi u zotning boshlaridan kechirgan voqeani eshitgan zahoti zarracha shubha qilmasdan imon keltirdilar.
Xadicha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uchun nafaqat zavja, balki eng ogʻir paytlarda suyanchiq boʻlgan buyuk inson edilar. U kishidan soʻng ahli baytning boshqa aʼzolari ham Islomni qabul qildilar.
(Daomi bor…)
“Nurul Yakqin” va “Islom tarixi” kitoblari asosida tayyorlandi

✒️“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi Ikrom Roʻziqulov

Tagged under: maqola, mavlid, nabiy, siyrat

What you can read next

“Билмайман” дея олиш ҳам илмдир (давоми)
“Билмайман” дея олиш ҳам илмдир (давоми)
Бағрикенглик – тинчлик ва тараққиёт асоси
Бағрикенглик – тинчлик ва тараққиёт асоси
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 3-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 12-оят

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP