SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zulmatdan nurgacha (6-qism) Amin hakamligi
23.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha (6-qism) Amin hakamligi

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yoshlari oʻttiz beshga yetganda Makkaga barcha narsani oqizib ketadigan darajada kuchli sel keldi. Sel avval yongʻin zaiflashtirib qoʻygan Kaʼba devorlarini yorib yubordi.
Shu sababli qurayshliklar Kaʼbani balandroq koʻtarish va ustiga tom yopish uchun uni buzmoqchi boʻlishdi.
Ammo qalblaridagi Kaʼba hurmati sabab uni buzishdan choʻchishdi. Shunda Xolid ibn Validning otasi Valid ibn Mugʻiyra:
– Uni buzish orqali isloh qilishni istaysizlarmi yoki yomonliknimi? – deb soʻradi.
Ular:
– Albatta, islohni, – deyishdi.
Shunda Valid ibn Mugʻiyra:
– Alloh isloh qiluvchilarni halok etmaydi, – dedi-da, Kaʼba devorini buza boshladi. Odamlar unga ergashdilar.
Keyin qurilish boshlandi. Buning uchun zino va sudxoʻrlik daromadi aralashmagan halol mablagʻ hozirlashdi.
Quraysh ulugʻlari ham oʻz yelkalarida toshlarni tashiy boshlashdi. Bularning orasida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham bor edilar.
Qurilishni rumlik Boqum ismli duradgor boshqardi.
Qurilish Ismoil alayhissalom qoʻyib ketgan poydevor ustiga devor tiklashga kelganda ularning halol mablagʻlari tugab qoldi. Shu sababli ular “Hijr”ni alohida qoldirib, uning Kaʼbadan ekaniga belgi boʻlishi uchun ustiga past devor qurishdi.
Kaʼbaning balandligi avval toʻqqiz ziro edi. Ular yana toʻqqiz ziro qoʻshishdi va eshigini yerdan odam boʻyi barobar koʻtarishdi.
Shundan soʻng Hajari Asvadni oʻz joyiga qoʻymoqchi boʻlishdi. Ammo uni joyiga kim qoʻyishi haqida tortishib qolishdi. Ish shu darajaga bordiki, oʻrtalarida urush chiqay dedi.
Shu payt ularning ichidagi eng yoshi kattasi Abu Umayya ibn Mugʻiyra Mahzumiy:
– Ey qavm, tortishmanglar! Undan koʻra hukmiga rozi boʻladigan kishini orangizda hakam qilinglar, – dedi.
Ular:
– Hakamlikni oʻsha paytdagi “Banu Shayba” – hozirgi “Salom” eshigidan birinchi boʻlib kirgan kishiga topshiramiz, – deyishdi.
Birinchi boʻlib kirgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boʻldilar.
Ular bir ovozdan:
– Axir bu oʻzimizning Muhammadul Amin-ku! Biz uning hakamligidan rozimiz, – deyishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga hakam qilinganlari haqida xabar berishgach, u zot ridolarini yerga yoydilar va:
– Har bir urugʻ sardori ridoning bir chetidan ushlasin! – dedilar.
Soʻng Hajari Asvadni ridolari ustiga qoʻyib, uni joyiga qadar birgalikda koʻtarib borishlarini tayinladilar. Keyin Hajari Asvadni oʻz qoʻllari bilan joyiga oʻrnatdilar.
Shu tariqa katta nizoning oldi olindi. Bu voqea Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hikmat, adolat va muammoni tinch yoʻl bilan hal qilishdagi buyuk fazilatlarini koʻrsatdi.

“Islom tarixi” va “Nurul Yaqin” kitoblari asosida tayyorlandi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi Roʻziqulov Ikrom

Tagged under: maqola, mavlid, siyrat

What you can read next

Аллоҳ таолога яқин бўлишни истасангиз!
Аллоҳ таолога яқин бўлишни истасангиз!
Тавба масжидининг тарихи
Тавба масжидининг тарихи
Шаввол ойида олти кун рўза тутиш.
Шаввол ойида олти кун рўза тутиш.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP