SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Imom Ahmaddan muhim ogohlantirish!
12.08.2026 / Bo‘limda Raddiyalar

Imom Ahmaddan muhim ogohlantirish!

سمعت أبا محمد الحسن بن عثمان بن جابر يقول سمعت أبا نصر أحمد بن يعقوب بن زاذان قال:

بلغني أن أحمد بن حنبل قرأ عليه رجل: «وما قدروا الله حق قدره والأرض جميعا قبضته يوم القيامة والسموات مطويات بيمينه» قال ثم أومأ بيده فقال له أحمد: قطعها الله قطعها الله قطعها الله. ثم حرد وقام

Lalakoiy (418 h./1027 m.y. vafot etgan) “Sharhu usul eʼtiqodi Ahli sunna” asarida Imom Ahmad rohimahulloh haqida: “Men, Abu Muhammad Hasan ibn Usmondan u kishiga Abu Nasr Ahmad ibn Yaqub ibn Zozonning quyidagi gaplarni aytganini eshitdim: “Menga yetib kelgan xabarga koʻra, bir kishi Imom Ahmad ibn Hanbalga “Ular Allohni toʻgʻri taniya olmadilar! Butun Yer Qiyomat Kunida Uning qabzasi — changali(dadir). Osmonlar esa Uning qoʻliga yigʻilgandir” oyatini oʻqib berib, qoʻlini koʻrsatibdi (Bu bilan Allohning bandalarning qoʻliga oʻxshash qoʻli bor, yaʼni oyatdagi “qoʻl”dan murod tana aʼzosidir demoqchi boʻlgan). Shunda Imom Ahmad: “Alloh uning qoʻlini kessin! Alloh uning qoʻlini kessin! Alloh uning qoʻlini kessin!” debdilar va gʻazablanib oʻrnilaridan turib ketibdilar”.

Lalakoiy (418 h./1027 m.y. vafot etgan) “Sharhu usul eʼtiqodi Ahli sunna” asari 3/432.

Ushbu rivoyatni Imom Ahmaddan Ismoil Asbahoniy “Hujjat” (1/208) asarida va Qozi Abu Yaʼlo “Ibtolut taʼvilot”da (1/43) rivoyat qilishgan.

Hanafiya mazhabining ulamosi, Imom Abul-Muʼin Nasafiy (418–508 h./1027–1115 m.) oʻzlarining «Bahrul-Kalom» nomli asarlarida shunday deyiladi:

“Yad” – lugʻaviy tarjimasi “qoʻl” kalimasi koʻplab maʼnolarga ega. Ulardan biri badanning oʻng va chap tarafida joylashgan aʼzoga ishlatiladi. Alloh taolo bu ikkisidan Pokdir, sharʼiy matnlarda kelgan narsalar esa Allohning marhamati va mulki — kayfiyatsiz, oʻxshatishsiz, biron bir suratsiz va aʼzolarsiz maʼnosida kelgan. Va u azaliy sifatlardan hisoblanadi.

Alloma Nasafiy yana ushbu asarlarida: “Alloh taoloning “yadi” bor deb arabchada aytsa boʻladi, ammo forsiyda (va boshqa tillarda) aytish joiz emas. “Yad” xuddi eshitish, koʻrish, ilm, qudrat, hayot, iroda va kalom kabi Allohning kayfiyatsiz, oʻxshatishsiz azaliy sifatlaridandir. Chunki Alloh taolo aʼzosiz eshituvchi, koʻzsiz koʻruvchi, tana aʼzolarisiz biluvchidir, qalbsiz iroda qiluvchi, til va ikki labsiz mutakallimdir. Shu kabi “yad” ham Allohning kayfiyatsiz, oʻxshatishsiz va aʼzosiz azaliy sifatlaridandir. Biz “yadni” isbot qilamiz va undan nima iroda qilinishini Allohning iroda qilgan narsasiga havola qilamiz”.

Imom Shofeʼiy (150–204 h.y.) aytadilar:

علم ذلك لا يدرك بالعقل ولا الرؤية والفكر

«….Xabariy sifatlar (“yad” – toʻgʻri tarjimasi qoʻl, “Vajh” — yuz, “ayn” — koʻz va shunga oʻxshashlar) haqidagi ilmga aql, koʻrish yoki tafakkur qilish orqali yetilmaydi va biz mana shu sifatlarni isbot qilamiz va ulardan xuddi Alloh taolo: “Biron narsa U zotga oʻxshash emasdir. U eshitguvchi va koʻrib turguvchidir” deb marhamat qilib, oʻzidan tashbihni inkor qilgani kabi (maxluqotlarga) tashbihni (oʻxshatishni) inkor qilamiz».

«Fathul Boriy», 13/407; Yunus ibn Abdul Aʼlo Imom Shofeʼiydan rivoyat qildi.

✍️ Rustam domla Oxunjonov, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi

What you can read next

Сохта салафийларнинг кенг тарқалган шубҳаларидан бирига раддия
Сохта салафийларнинг кенг тарқалган шубҳаларидан бирига раддия
ҲАДИС КИТОБЛАРИНИ ОЧИБ КЎРИБ, ОЛИМ БЎЛДИМИ!?
Ҳадис китобларини очиб кўриб, олим бўлдими!?
Имом Аҳмад ибн Ҳанбал роҳимаҳуллоҳдан таъвил
Имом Аҳмад ибн Ҳанбал роҳимаҳуллоҳдан таъвил

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP