SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda
09.07.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda

Turkiyaning Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari uchun belgilangan dastur asosida seminar va uchrashuvlar davom etmoqda.
Dastlab professor-oʻqituvchilar universitetning tarixi, taʼlim tizimi va ilmiy faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, Ilohiyotshunoslik fakulteti dekani, doktor Abdujabbor Kavak ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etilib, universitetning ilmiy salohiyati, taʼlim jarayonlari va xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (1)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (2)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (3)

Kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekistondagi oʻrta maxsus islom bilim yurtlari faoliyati «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti misolida taqdim etildi. Bilim yurti professor-oʻqituvchisi Ahror domla Abdullayev arab tilida yurtimizdagi diniy taʼlim tizimi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼruza qildi. Shuningdek, Aliakbar domla Abdullayev oʻquv jarayonlarini tashkil etish, taʼlim sifati va ilmiy-amaliy faoliyatni yoʻlga qoʻyish boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (4)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (5)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (6)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (7)

Seshanba kuni Karabük Universiteti professor-oʻqituvchilari bilan tajriba almashish uchrashuvi tashkil etildi. Unda taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda oʻquv jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar Turkiyadagi Imom-xatib litseylari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ilgʻor tajribalarni oʻrgandilar.
Chorshanba kuni esa universitet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilib, ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida tajriba almashish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan samarali fikr almashildi.

Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (8)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (9)
Karabük Universitetida ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi davom etmoqda (10)

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

Доктор Муҳаммад Ротиб Набулсий маърузаларидан ... (Тўртинчи қисм)
Доктор Муҳаммад Ротиб Набулсий маърузаларидан … (Еттинчи қисм)
Доктор Муҳаммад Ротиб Набулсий маърузаларидан ... (Тўртинчи қисм)
Доктор Муҳаммад Ротиб Набулси маърузаларидан … (Бешинчи қисм)
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз...” туркумидан
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам қиёматда менга шафоатчи ва гувоҳ бўлсинлар, десангиз…” туркумидан 14- ҳадис

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP