✅ “Koʻkaldosh” oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi Qurbonov Bekjon Gʻayrat oʻgʻlining 07.00.01 – “Oʻzbekiston tarixi” ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Oʻzbekiston musulmonlari idorasi faoliyati tarixi (1991–2022 yy.)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoyadan oʻtdi. Ilmiy kengash aʼzolarining yakdil ovozi bilan tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq koʻrildi.



📖 B.Qurbonov milliy-madaniy va tarixiy merosni oʻrganish, zamonaviy bilimlar uygʻunligida diniy soha kadrlarini tayyorlash borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
📈 Rahbariyat tomonidan OʻMI tizimidagi pedagog va tadqiqotchilarni ilm-fan yoʻlida muntazam qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan keng imkoniyatlar bugungi yutuqlarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Bugungi kunda nafaqat yosh kadrlar, balki uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan tajribali ustozlar ham ilmiy tadqiqot mavzulari ustida qizgʻin tadqiqot olib borib, ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish yoʻlida fidoyilik koʻrsatmoqda. Buning uchun taʼlim muassasasi tomonidan ham ustozlarga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan.
Umuman olganda, bunday ilmiy-pedagogik natijalar taʼlim muassasasida ilmiy muhitning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
🌙 “Koʻkaldosh” OʻMIBY jamoasi B.Qurbonovni ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusida bardavom ilm, baraka va yangi yutuqlar tilaydi.
©️ “Koʻkaldosh” OʻMIBY Matbuot xizmati






